Buxoroda Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, shuningdek 20 ga yaqin vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazilmoqda.
Sayyor qabulning birinchi kunida Buxoro va Kogon shaharlari, Qorovulbozor hamda Kogon tumanlari fuqarolarining muammolari oʻrganildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tushgan murojaatlarni koʻrib chiqishda vazirlik va idoralar mutasaddilari, viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Farhod Umarov va sektorlar rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari, tegishli tashkilot, idora va muassasalar, huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilari ham ishtirok etdi.
Qabul davomida 442 nafar fuqaroning jami 449 ta masala boʻyicha murojaatlari kelib tushdi. 136 ta murojaat ijobiy hal etildi. 55 ta murojaatga huquqiy maslahat berildi. 68 ta murojaatga tushuntirish ishlari olib borildi. 190 ta murojaat ijro uchun nazoratga olindi.
– Kogon tumani Kulolon qishlogʻidagi 12 ta xonadon suv bilan taʼminlanmagan, – deydi mazkur qishloqda yashovchi Murod Turdiyev. – “Uy suv taʼminot” AJ vakillariga murojaat qildim. Murojaatim ijobiy hal etildi. Bundan xursandmiz. Ogʻirimiz yengil boʻldi.
– Darhaqiqat, mazkur masalada mahalliy hokimiyat vakillari bilan kelishgan holda quvurlar yotqizilib, suv bilan taʼminlash ishlari boshlandi, – deydi “Uy suv taʼminot” AJ boshqarma boshligʻi Berdimurod Tursunov. – Tez kunlarda mazkur 12 ta xonadon ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.
Qabul davomida ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarni har jihatdan qoʻllab-quvvatlash, moddiy yordam, inson haq-huquqlari, ichki ishlar, prokuratura va sud ishlari bilan bogʻliq harakatlar, shuningdek, uy-joy taʼminoti, sogʻliqni saqlash, joylarda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati uchun bank imtiyozli kredit mablagʻini ajratish, qolaversa, ichki yoʻllarni taʼmirlash, gaz va elektr taʼminoti, kommunal xizmat, mehnat va bandlik yoʻnalishlariga oid murojaatlar kelib tushdi.
Eng koʻp murojaat tushgan soha ichki ishlar faoliyatiga oid boʻlib, 64 tani tashkil etdi. Sud qarorlari yuzasidan 53 ta, prokuratura organlariga 48 ta, ish bilan taʼminlash boʻyicha esa 24 ta murojaat kelib tushgan.
Viloyatda sayyor qabullar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |