Buxoro viloyatidagi imom xatiblar uchun Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabiga sayohat uyushtirilib, ular uchun oʻquv-seminar tashkil etildi.
Jamiyatda sogʻlom maʼnaviy muhitni mustahkamlash, notinch oilalarda barqarorlikka erishish, yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlashda joylardagi imom xatiblarning alohida oʻrni bor. Bu borada ular diniy bilimlar bilan birga yon-atrofda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalar, yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangilik va oʻzgarishlardan xabardor boʻlishi maqsadga muvofiq.
Buxorolik imom-xatiblar buyuk muhaddis maqbarasini ziyorat qilib, xalqaro markaz va hadis ilm maktabida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, ilmiy-tadqiqot ishlari haqida maʼlumotlarga ega boʻldi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov mehmonlarga markazning tashkil etilishi, maqsad va vazifalari, xalqaro hamkorlik va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar haqida gapirib berdi. Shuningdek, ayni paytda xalqimizning diniy va dunyoviy bilimlarini boyitish, jamiyatda uchraydigan turli illatlarga qarshi kurashishda imom-xatiblar oldida turgan vazifalarga toʻxtaldi.
– Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida diniy idoralar vakillari ishtirokida oʻquv seminarlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda, – deydi Vobkent tumanidagi “Sariosiyo” masjidi imom xatibi Joʻrabek Murodov – Bizning Samarqandga safarimiz ham faqat sayohatdan iborat boʻlib qolmay, buyuk bobomiz nomi bilan ataluvchi xalqaro markaz va Hadis ilmi maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishish, shu muqaddas maskan oʻqituvchilari, tadqiqotchilari bilan oʻzaro fikr almashish, ular tajribalarini oʻrganish bilan maqsadi koʻzlangan edi.
Oʻquv-seminarda markaz ilmiy xodimlari tomonidan Imom Abu Mansur Moturidiy, Imom Buxoriy va boshqa buyuk allomalarning ilmiy merosi, ularning kalom va hadis ilmi rivojiga qoʻshgan hissasi, bu ilmlarning bugungi kundagi ahamiyati haqida soʻz yuritildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |