Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning oʻtgan 8 oyi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonasiga suyultirilgan gaz muammolari boʻyicha Samarqand viloyatidan 500 dan ortiq murojaat tushgan.
Bu murojaatlarning qariyb 50 foizi Payariq tumanidan yuborilgan? Buning sababi nimada, tumanda suyultirilgan gaz bilan bogʻliq muammolar shunchalik koʻpmi?
Shu va boshqa savollarga javob topish, aholi bilan muloqot qilish uchun “Hududgaztaʻminot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi oʻrinbosari Tohirjon Turdiyev Payariq tumanida boʻlib, eng koʻp murojaat yoʻllagan Taraqqiyot va Ilgʻor mahallalari aholisi bilan uchrashdi.
“Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Taraqqiyot mahallasidagi uchrashuv chogʻida “temir daftar”ga kiritilgan H.Qozoqova maishiy gaz ballon olish uchun 125 ming soʻm pulini olib, sarson qilgan tuman gaz taʼminoti korxonasi xodimi Akbar Qayumov ustidan shikoyat qildi.
T.Turdiyev tizimda korrupsiyaga qarshi ish olib borayotganligiga qaramasdan ayrim vijdonsiz xodimlar uchrayotganini afsus bilan qayd etdi. Jumladan, “Payariqtumangaz” boʻlimida suyultirilgan gaz taʼminoti mutaxassisi lavozimida ishlagan Akbar Qayumovga nisbatan huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻatilganligi maʼlum qilindi. H.Qozoqovaga 125 ming soʻm pulini undirib berish nazoratga olindi.
Ilgʻor mahallasi aholisi bilan uchrashuvda tuman gaz taʼminoti korxonasining hududga biriktirilgan xodimlari toʻldirilgan maishiy gaz ballonlari uchun 26 ming soʻmdan haq olib, oʻrnatish xizmatini amalga oshirmagani maʼlum boʻldi. Mazkur holatga yoʻl qoʻygan xodimlar vazifasidan ozod etildi.
“Hududgaztaʻminot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi oʻrinbosari tizimdagi muammolarni bartaraf etish uchun ayni paytda zamonaviy ID kartalar orqali toʻlovlarni amalga oshirish mexanizmi yaratilayotgani, yaqin orada gaz ballonlarga chiplar oʻrnatilishini taʼkidladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |