
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev Qarshi shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.
Tegishli boshqarma va tashkilotlar vakillari, Qarshi shahar hokimligi, viloyat va shahar Xalq qabulxonalari mas’ullari ishtirok etgan tadbirda fuqaro va tadbirkorlardan 48 ta muammoli masalalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi.
Sayyor qabulda nafaqat Qarshi shahri, balki, Qarshi, Koson va Nishon tumanlaridan kelgan fuqarolarning ham murojaatlari ko‘rib chiqildi.
– Viloyat ahliga ham, tadbirkorlarga ham har qanday qonun doirasidagi yordamni berishga tayyorman, – dedi viloyat hokimi. –Yodingizda bo‘lsa qish oylarida tog‘li qishloqlarda tunab qolib, tog‘liklar dardini tinglagan edik va bu harakatlarimiz o‘z samarasini bermoqda. Tibbiy xizmat, ta’lim-tarbiya va yo‘l masalalari bosqichma-bosqich hal etilayotir.
Murojaatlarning 12 tasi joyida echimini topdi. Jumladan, ish masalasida murojaat qilgan Alijon Hamidov Qarshi shahridagi 21-umumta’lim maktabiga matematika va informatika fani o‘qituvchisi, Shoxruh Nuralov 29- umumta’lim maktabiga ingliz tili o‘qituvchisi, Zulfiya Azimova esa 3-umumta’lim maktabiga kutubxonachilikka ishga qabul qilindi. Ular bilan shu joyning o‘zida mehnat shartnomalari rasmiylashtirilib, buyruq chiqarildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillariga tegishli topshiriqlar berildi.



| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |