O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida vaqtinchalik texnik profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 24:00 dan 05:00 ga qadar murojaatlarga fayl biriktirish jarayonida qisman uzilish kuzatilishini ma’lum qilamiz. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Spiker oʻrinbosari Xorazm viloyatiga bordi. Natijalar qanday boʻldi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʻzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Haitov pandemiya davrida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai boʻlgan tomorqachilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga bordi.

Spiker oʻrinbosari boshchiligidagi ishchi guruhning dastlabki manzili Gurlan tumani boʻldi.

 

Tumandagi Nukus mahallasida joylashgan “Maxsud-Manzura” tomorqa xizmati klasteri joriy yilda oʻz faoliyatini boshlagan boʻlib, ayni paytda aholini tadbirkorlikka jalb qilish, issiqxonalar qurib berish orqali tomorqachilikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratib kelmoqda.

 

Klaster rahbari Maxsud Bekmanov hozirda Xitoy texnologiyasi asosida zamonaviy issiqxona qurish ishlarini boshlab yuborgan. Issiqxona asosan koʻchatchilikka ixtisoslashgan boʻlib, aholiga arzon narxda pomidor, bodring, baqlajon kabi poliz ekinlari, turli gul va daraxt koʻchatlarining yangi navlari yetishtirib beriladi.

 

Shuningdek, tadbirkor mazkur hududning 30 sotix yer maydonida sutni qabul qilish va qayta ishlash sexi tashkil etmoqchi. A.Haitov mazkur klaster faoliyati bilan tanishar ekan, tadbirkorga binoni 2 qavat qilib qurish, uning 1-qavatida sut ishlab chiqarish sexi va koʻchatchilik doʻkoni, 2-qavatida esa tikuvchilik sexi tashkil qilish boʻyicha zarur tavsiyalar berdi.

 

Mazkur klasterda tovuq va baliqlarga beriladigan yem (granulalar) ishlab chiqarish ham yoʻlga qoʻyiladi. Qolaversa, 200 tonnalik muzlatkich qurilib, 35 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

 

“Umid Gulshani” koʻchasida yashovchi Gavhar Matkarimova 5 nafar farzandi bilan tomorqasidan samarali foydalanib, yaxshigina daromad topib kelayotgan omilkorlardan. U 8 sotix tomorqasidan yiliga 3 marotabagacha hosil oladi.

 

Spiker oʻrinbosari mazkur xonadonda ham boʻlib, xonadon egalariga 1 sotix yer maydonida subsidiya asosida issiqxona qurib berish taklifini bildirdi. Tomorqasiga suv yetib kelmagani sababli bu yil pomidor va bodringlar yaxshi hosil bermagani, ayrim mevali daraxtlarga ziyon yetgani inobatga olinib, davlat subsidiyasi asosida ushbu xonadonga 1 ta suv qudugʻi qurib beriladigan boʻldi.

 

Suhbat va muloqotlar chogʻida A.Haitov Maksud Bekchanovga Nukus mahallasidagi mavjud 50 ta xonadonning har biriga 0,5 sotixdan issiqxona qurib berish taklifini ilgari surdi. Bu bilan mahallada “Bir mahalla-bir mahsulot” tamoyilini qoʻllagan holda ular tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarni tomorqa xizmatining oʻzi sotib olib, kooperatsiya tashkil qilinishiga, shu orqali pandemiya sharoitida nafaqat aholi bandligini taʼminlashga, balki ularning oilaviy daromadini oshirishga ham katta yordam berishini qayd etdi.

 

Xalq vakili tumanning “Xabibullo meros” fermer xoʻjaligidagi paxta dalasida ham boʻlib, u yerda mehnat qilayotgan terimchilar bilan suhbatlashdi.

 

– Kuni kecha 180 kilogramm paxta terdim. Hosil juda yaxshi, terim pullarini ham oʻz vaqtida olyapmiz. Bugun 200 kilo paxta terish harakatidaman, – deydi ilgʻor terimchilaridan biri Nasiba Sapayeva.

 

A.Haitov shu kabi ilgʻor terimchilarga Vatanimiz taraqqiyotiga qoʻshayotgan ulkan hissasi uchun oʻz minnatdorchiligini bildirib, ularga sovgʻa-salomlar ulashdi.

21.09.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati

Foydali resurslar