2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha Orolboʻyi tajribasi

Bugungi kunda Orolboʻyida yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 2020-yil 22-fevraldagi tegishli qarori bilan joriy yilda 27 ming 512 nafar yoshning bandligini taʼminlash boʻyicha manzilli reja tasdiqlangan edi. Shundan bugungi kunga qadar 21 ming 44 nafar yosh ishga joylashtirildi. 

 

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yoshlar boʻyicha yangi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan “Moʻynoq kelajagi bunyodkorlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkil etilib, u yerda 2,5 ming nafarga yaqin yoshlarning bandligi taʼminlandi. Ushbu jamiyatga ajratib berilgan 18,5 ming gektar yer maydonining 5,2 ming gektari yoshlar tomonidan oʻzlashtirilib, turli koʻchatlar ekildi. Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

 

photo_2020-09-16_19-21-26.jpg

Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha tashkil qilingan 29 ta kooperatsiyaga 746,6 gektar yer maydoni ajratildi. Natijada, ushbu kooperatsiyalarda 499 nafar yoshning bandligi taʼminlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻi hisobidan Nukus shahrida 263 million 140 ming soʻm mablagʻ evaziga har bir yoshga 1 tadan, jami 118 nafar yoshga yengil konstruksiyali issiqxona qurib berildi.

 

Qishloq joylarida, olis hududlarda ishga muhtoj aholi, ayniqsa ayollar va yoshlar bandligini taʼminlash, ularning turmush sharoitlari va daromadlarini oshirishda Prezidentimizning 2019-yil 28-maydagi “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash doirasida Nukus shahrida “Jayhun baraka chevarlari” masʼuliyati cheklangan jamiyatida sochiq ishlab chiqaruvchi 1200 ta ish oʻrinli toʻqimachilik majmuasi barpo etilib, jami 660 nafar yosh ishga jalb qilinadi. Qiymati 19,4 milliard soʻm, yillik ishlab chiqarish quvvati 587 tonna boʻlgan obyektda hozirda jihozlash ishlari amalga oshirilib, yaqin kunlarda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

photo_2020-09-16_19-21-23.jpg

Taxtakoʻpir tumani “Qora oʻy” ovul fuqarolar yigʻini hududidagi “Barno-tekstil Plyus” MCHJga qarashli tikuvchilik majmuasi joriy yil may oyida ishga tushirildi va 27 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlandi. Shuningdek, tumandagi “Beltov” ovul fuqarolar yigʻini hududidagi 600 bosh naslli qoramol boqishga moʻljallangan chorvachilik kompleksi joriy yil dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

 

Ushbu majmuada 50 nafar yoshning bandligi taʼminlanadi. Bundan tashqari, “Qora oʻy” ovul fuqarolar yigʻini hududida 1 gektar yer maydonida issiqxona qurilmoqda. Bu yerda ham 50 nafar yosh ish bilan taʼminlanadi.

 

Shumanoy tumanida 2019-yil sentyabrda ishga tushirilgan ip-kalava ishlab chiqaruvchi “SHOMANAY ECO TEKS” MCHJda 600 ta ish oʻrni yaratilgan boʻlib, shundan 101 nafari yoshlardan iborat. Shuningdek, brezent ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 120 ish oʻrinli “SHOMANAY TEKS” korxonasi joriy yilning oxirida ishga tushiriladi. Mazkur korxonada 70 nafar yoshning bandligini taʼminlash rejalashtirilgan.

 

photo_2020-09-16_19-21-19.jpg

Qonlikoʻl tumanidagi ip-kalava ishlab chiqaruvchi “Kanteks invest” MCHJga joriy yil 44 nafar yosh ishga qabul qilindi. Shuningdek, “Qonlikoʻl” shaharcha fuqarolar yigʻidagi “KAMILAXAN TEXTIL INVEST” tikuvchilik majmuasi ishga tushirilib, 40 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlandi.

 

Moʻynoq tumanining “Qozoqdaryo” va “Hokim ota” ovul fuqarolar yigʻinlari hududidan 1000 bosh qoramolga moʻljallangan ikkita chorvachilik majmuasi qurib bitkazildi. Natijada, 200 nafar yoshning bandligini taʼminlash rejalashtirilgan. “Boʻzotov” ovul fuqarolar yigʻini hududidagi 1 gektar issiqxonada 50 nafar yosh mehnat qilmoqda.

 

 

Ellikqalʼa tumanida davlat dasturi asosida “Yoshlar mehnat guzari” barpo etildi. Ushbu binoda oʻquv markazi, sartaroshxona, goʻzallik saloni, toʻquvchilik xonasi, kompyuter xizmatlari, kelin liboslari doʻkoni oshxona va nonvoyxonada 30 nafar tadbirkor yosh ish bilan taʼminlandi.

 

photo_2020-09-16_19-21-37.jpg

Tumandagi “Amirobod” ovul fuqarolar yigʻini hududidagi gidroponika texnologiyasi asosida 4 gektar maydonda barpo qilingan “Agro eksim gold” MCHJga qarashli issiqxonada mavsumiy 80 nafar, doimiy 50 nafar yosh ish bilan taʼminlangan.

 

Bundan tashqari, “Sarabiy” ovulida yosh tadbirkor Oxunjon Yavkachev tomonidan 2019-yilda ishga tushirilgan “Sarabiy teks” paypoq ishlab chiqarish sexida 30 nafar, “Qilchinoq” ovul fuqarolar yigʻinida 2019-yilda ishga tushirilgan “CHAMANTEX” MCHJga qarashli tikuvchilik sexida 32 nafar yosh xotin-qizning bandligi taʼminlandi.

 

Yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha ishlar Orolboʻyining boshqa tumanlarida ham davom ettirilmoqda.

 

photo_2020-09-16_19-21-40.jpg

17.09.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar