
Prezidentimizning joriy yil 26-avgustdagi farmoniga koʻra, bir guruh yurtdoshlarimiz “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan edi.
Jumladan, Samarqand viloyati ichki ishlar idoralarida xizmat qilayotgan xodimlardan 49 nafari ham ushbu mukofot bilan taqdirlandi. Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasida oʻtkazilgan tantanali tadbirda koʻkrak nishonlari oʻz egalariga topshirildi.
Boshqarma boshligʻi Sh.Rahmonov jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida, el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda turli sohalar vakillari qatori ichki ishlar idoralari xodimlari ham yuksak fidoyilik koʻrsatib mehnat qilayotganini taʼkidladi. Ana shunday xodimlarning bir guruhi davlatimiz rahbarining shu yil 26-maydagi farmoni bilan taʼsis etilgan “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishi bu – viloyatdagi barcha ichki ishlar idoralari faoliyatiga berilgan yuksak baho ekanligi qayd etildi.
– Xalqimiz uchun sinovli boʻlgan kunlarda zimmamizga yuklatilgan vazifalarni bajarib, ushbu yuksak mukofotga loyiq koʻrilganim men uchun juda katta sharaf, – deydi Urgut tumani IIO FMB xodimi, kapitan Z.Husenov. – Lekin bu nishon bir meniki emas, urgutlik barcha ichki ishlar xodimlarinikidir. Bundan buyon ham Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilaman.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |