
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov Bulung‘ur tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Kildon qishlog‘ida o‘tkazilgan qabulda viloyatdagi mutasaddi idoralar rahbarlari ham qatnashdi.
Viloyat hokimi har bir murojaatni diqqat bilan eshitib, o‘rtaga tashlangan masalalarni o‘z o‘rnida, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolarni qisqa fursatda hal etish choralarini ko‘rdi. Mutasaddi rahbarlarga muddati belgilangan holda qat’iy vazifa va topshiriqlar berildi.
– Onam nogironligi tufayli "Mehribonlik uyi"da katta bo‘lganman, – deydi "Xo‘jabachcha" mahallasida yashovchi Quvondiq Safarov. – Uy-joy qurishga imkoniyatim etmayapti, onamga ham nafaqa tayinlanmagan. Shu masalalarda yordam so‘radim. Viloyat hokimi shu erning o‘zida tegishli o‘rinbosariga masalalarni ijobiy hal qilishni topshirdi.
Qabul davomida aholi tomonidan qishloqlarda maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy bilan ta’minlash singari 246 ta masala yuzasidan murojaatlar tushdi.
Sayyor qabuldan so‘ng viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari mahallalarga borib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
G‘.Hasanov, O‘zA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |