Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Respublika Ishchi guruhi joylardagi muammolarni oʻrganish ishlari jadal olib bormoqda.
Bu jarayonda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, ijtimoiy soha obyektlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, ularning yechimini topish hamda qisqa muddatlarda ijobiy hal etilishi taʼminlanmoqda.
Mazkur tadbirlarda kommunal va ijtimoiy sohalarda tegishli qonun hujjatlari ijrosining soʻzsiz taʼminlanishi, shuningdek, Respublika Ishchi guruhining oʻrganishlari natijalari boʻyicha koʻrsatmalar tezkorlik bilan bajarilishiga erishish uchun tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 1-oʻrinbosari A.Xolmaxmatov bugun poytaxtimizning Olmazor tumanida boʻlib, tuman hokimi B.Rahmonov hamrohligida Sebzor kollektorining Qora-qamish koʻchasi xududidan oʻtuvchi qismini koʻzdan kechirdi.
Aniqlangan muammolar zudlik bilan bartaraf qilishga kirishildi. Tuman obodonlashtirish boʻlimi hamda boshqa kommunal soha vakillari tomonidan hududni chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.
Aholini qiynayotgan muammolarni hal etish va ijtimoiy soha obyektlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish borasidagi amaliy tadbirlar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендлар | Ishonch telefoni | 7 Sentabr 2019 | 16 Sentabr 2019 | Qashqadaryo viloyati |
Уй-жой билан таъминлаш | Xalq qabulxonasi | 10 Avgust 2019 | 17 Sentabr 2019 | Toshkent viloyati |