2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish lozim

Qishning betalafot oʻtishi va bu davrda turli muammolarning yuzaga kelmasligi mavsumga koʻrilgan puxta tayyorgarlikka bogʻliq.

Hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmatidan xabar berishicha, joriy yilda 3 ming 665 kilometr havo elektr uzatish tarmoqlari, 55 dona podstansiya hamda 946 transformator punktlarini joriy va mukammal taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan. Ayni vaqtgacha bu ishlarning 80 foiz ishlar bajarilgan.

2020-2021-yillar kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni elektr energiya bilan taʼminlashda uzilishlarning oldini olish maqsadida korxonada 25 dona har xil quvvatli transformator punktlari va 10 tonna transformator moyi zaxirasi yaratilgan. Bundan tashqari, viloyat hududidagi 1 ming 190,2 kilometr uzunlikdagi 0,4-10-35 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari tegib turgan daraxt shoxlaridan tozalanmoqda. Bundan tashqari, ushbu tarmoqlarda nuqsonli izolyatorlar almashtirilmoqda va tayanchlar oraligʻidagi salqi simlar tortilib, tartibga keltirildi.

Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi tarmoqlardagi yoʻqotishlarni kamaytirish bilan bir qatorda elektr xoʻjaliklarini 2020-2021-yillar kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirishga, elektr energiyasini hisobga olish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha isteʼmolchilarini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun energetika tizimining yuklamasini yuqori soatlarda elektr energiyasi isteʼmolini pasaytirish tadbirlari ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan. Energiyani koʻp isteʼmol qiluvchi korxonalar bilan birgalikda kuz-qish mavsumida elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolini kamaytirish uchun kechki yuqori yuklanish davrida uskunalarning ish tartibi jadvali ishlab chiqilgan. Avariyalarni zudlik bilan barataraf etish uchun har bir tumanda jami 42 dona avariyali brigada tuzilgan.

Bu kabi saʼy-harakatlardan maqsad aholi qishning sovuq kunlarini hech bir qiyinchiliksiz oʻtkazishini taʼminlashdan iboratdir.

18.08.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati

Foydali resurslar