2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabulda koʻplab masalalar muhokama qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro shahar Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan shahardagi 1-sektorga qarashli mahallalarda sayyor qabullar oʻtkazildi.

Qabulda shaharning 1-sektor rahbari, shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Oʻtkir Jumayev qatnashdi.

 

Sayyor qabulda Oʻ.Jumayev fuqarolarga hozirgi kunda Respublikamiz, viloyat va shahrimizda barcha sohalarda olib borilayotgan ulkan islohotlar, oʻzgarishlar toʻgʻrisida soʻzlab berdi. Davlatimiz rahbari tomonidan xalq manfaatlarini koʻzlab jadal surʼatlarda olib borilayotgan siyosat, oʻzgarish va islohotlarni farmon va qarorlar bilan kuchaytirib, himoyalab aholiga yana-da koʻproq foydasi tegadigan darajada davom ettirilishi taʼkidlandi.

 

– Respublikamiz rahbariyatiga hozirgi kunda butun dunyoni larzaga solib kelayotgan pandemiya davrida oʻzlarining mashaqqatli mehnatlari va xalqning dardiga quloq solib ularning muammolarini yechayotganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz, – deydi shahardagi A.Jomiy koʻchasi 12/1-uy 4-xonadonda yashovchi fuqaro Temur Bozorov. –Aholini arzon oziq-ovqat bilan taʼminlashda, pandemiya davrida daromadlaridan ayrilib kambagʻallik darajasiga tushib qolgan aholiga bepul oziq-ovqat mahsulotlari tarqatayotganliklari tahsinga sazovor.

 

Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan aholi bandligini taminlash va uy-joyga muhtoj boʻlganlarga yordam koʻrsatish masalalari muhokama qilindi.

 

Jumladan, Doʻstlik MFY T.Farogʻiy koʻchasi 35 uy 75-xonadonda ijarada yashab kelayotgan, Joʻbor koʻchasi 46 uyda roʻyxatda turuvchi Amin Ochilov 2-guruh nogironi ekanligi va bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlariga muhtojligi toʻgʻrisidagi murojaati joyida qanoatlantirildi hamda ehtiyojmand oilalarga ajratiladigan bir martalik moddiy yordam roʻyxatiga kiritildi.

 

Losha MFY Safedmoʻy 36 uyda yashovchi Sanobar Muhammedova nogiron oʻgʻli Samir Yunusov uchun nogironlik aravachasi va oziq-ovqatga muhtojligini bildirib murojaat qilgan edi. Ushbu murojaat 1-sektor rahbari Oʻ.Jumayev tomonidan joyida qanoatlintirildi.

 

– Murojaatim joyida hal etilganidan xursandman, – deydi Xonadon egasi Sanobar Muhammedova. – Oʻgʻlim Samirjon tengdoshlari qatori yura olmasa ham aravachada koʻchada sayr qila oladi. Buning uchun shunday islohotlarga bosh-qosh boʻlayotgan Yurtboshimga rahmat.

11.08.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati

Foydali resurslar