2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Arzon va sifatli qurilish materiallari – obod qishloqlar uchun zarur va xaridorgir

Mamlakatimizning barcha mahalla va qishloqlarida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar bugun barchamizni hayratga solayotgani rost. Chunki bu dasturlar ijrosi bo‘yicha qilinayotgan ishlardan xalqimiz ko‘ngli to‘q va dillari nurafshon bo‘lmoqda.

Prezidentimizning 2018 yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida”gi farmoni doirasida qishloqlarimiz tubdan obodonlashtirilib, katta hajmdagi qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, qishloq aholisi uchun munosib sharoit yaratish, ularning turmush madaniyatini yanada yuksaltirish, eng muhimi, yosh avlodni ezgu ishlarga da’vat etishda bu tarixiy hujjatning o‘rni beqiyosdir.

Aynan mazkur dastur ijrosini ta’minlash mutasaddi tashkilotlar qatorida “O‘zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik jamiyatiga tsement, g‘isht, temir-beton buyumlari, eshik, deraza romlari, lok-bo‘yoq mahsulotlari kabi asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallari va jihozlarini etkazib berish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatilgan.

Bunda “O‘zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan uning tarkibidagi “O‘zqurilishmaterialsavdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati va uning sho‘’ba korxonalari hamda ishlab chiqaruvchi korxonalarning firma do‘konlari orqali tsement va oyna mahsulotini “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari amalga oshirilayotgan aholi punktlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarga o‘rtacha birja narxlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotilishini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha tsement hamda oyna mahsulotlari etkazib beriladi. Mahsulot etkazib berish bilan bog‘liq barcha xarajatlar tsement va oyna ishlab chiqaruvchi korxonalar hisobidan qoplanadi.

Ta’kidlash kerakki, bu ezgu ishlarda “O‘zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik jamiyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimliklarining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, jamiyat va mazkur tashkilotlar 2018 yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari bo‘yicha zarur bo‘ladigan miqdordagi devorbop va tomyopqich hamda boshqa qurilish materiallari, shu jumladan, g‘isht, yog‘och materiallar, shifer, temir beton mahsulotlari (beton to‘siqlar, bloklar, tayanchlar va h.k.), eshik, deraza, lok-bo‘yoq mahsulotlari, gipsokarton etkazib berish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olgan. Mahsulot etkazib beruvchi ishlab chiqarish korxonalari esa aholi punktlariga biriktirilgan.

Jumladan, joriy yilda aholiga sotiladigan tsement, qurilish oynasi, shifer va qurilish ohagi miqdorlarining hududlar va korxonalar kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan hamda ro‘yxatga olingan bo‘lib, mamlakat bo‘yicha 160 ming tonna tsement, 940 ming qurilish oynasi (o‘rtacha birja kotirovkalari narxida), qariiyb 4,5 million dona shifer, 560 tonna qurilish ohagi (ishlab chiqaruvchilarning ulgurji sotish narxida) aholi punktlariga etkazib berilmoqda.

– Albatta, yurtimizda amalga oshirilayotgan xayrli ishlar jamiyat tarkibidagi korxonalar ishini bugungi kun ehtiyojiga mos tarzda tashkil etish talabini qo‘yadi, – deydi “O‘zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik jamiyati sho‘’ba boshlig‘i Bahodir Ismoilov. – Shu ma’noda “Obod qishloq” dasturi ijrosi jamiyat tarkibidagi hamda tarmoq korxonalari, shu jumladan, Navoiy shahridagi “Qizilqumtsement”, Quvasoy shahridagi “Quvasoytsement”, Bekobod shahridagi “Bekobodtsement”, Ohangaron shahridagi “Ohangarontsement”, “Ohangaronshifer” aktsiyadorlik jamiyatlari, Jizzax shahridagi “Jizzax tsement zavodi” hamda mahalliy boshqa ishlab chiqaruvchi korxonalar hududlarga biriktirilgan bo‘lib, ular tomonidan zaruriy qurilish materiallari peshma-pesh etkazib berilayotgani bu fikrimiz isbotidir.

Quvonarlisi shuki, amalga oshirilayotgan ulug‘ ishlar uchun yurtimizda barcha qulayliklar mavjud. Deylik, uy qurmoqchi, yoki mahalla va qishloqlarni obod qilmoqchi bo‘lsak, chetdan qurilish mahsulotlari qidirishga hojat yo‘q. Chunki bu mahsulotlar o‘zimizda ishlab chiqariladi. Bunda ko‘plab mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar singari “O‘zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar mahsulotlari arzon, sifatli va xaridorgir ekanidan ko‘nglimiz to‘q. 

Nasiba Ziyodullaeva, O‘zA.

04.08.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar