Namangan tumanida aholini kambagʻallikdan chiqarish borasida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Xususan, ushbu sektor hududidagi 13 ta MFYda 454 nafar ehtiyojmand oila roʻyxati shakllantirilib, ularga ish oʻrinlari yaratish boʻyicha olib borilgan chora-tadbirlar samarasida 529 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi.
Shuningdek, tuman prokurori tashabbusi bilan 429,2 milliard soʻm qiymatidagi, 1782 ta ish oʻrni vujudga keladigan 73 ta investitsion loyihalardan 20 tasi ishga tushirilib, 408 nafar kishining ishsizligiga barham berildi. Mazkur loyihalarni oʻz vaqtida amaliyotga kiritish, vujudga keltirilgan ish oʻrinlari haqqoniyligini muntazam kuzatib borish maqsadida elektron dastur joriy qilingan.
Ish beruvchilar bilan hamkorlikdagi saʼy-harakatlar natijasida esa 493 nafar yoshlar mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishga erishdi.
Hududda 236 ta issiqxona qurilishi aholining moliyaviy ahvoli yaxshilanishiga zamin hozirladi. Shuningdek, sektor hududida tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarda barqaror ijtimoiy muhitni yaxshilash, ajrimlar sonini qisqartirish, agrar sohadagi faoliyat sifati va samaradorligini taʼminlash, kasanachilik yoʻnalishlarida ham namunali ishlar bajarilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 13 Avgust 2024 | 24 Avgust 2024 | Surxondaryo viloyati |