2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mo‘ynoqda yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun qanday choralar ko‘rilmoqda?

Bugungi pandemiya sharoitida aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, bu borada ishsiz yoshlar muammosiga echim topish davlatimiz oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir.

Bu borada Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida ham qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Jumladan, ishsiz yoshlar bandligi ta’minlash maqsadida, joriy yilning fevral oyida Vazirlar mahkamasining qaroriga asosan, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan «Mo‘ynoq kelajagi bunyodkorlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Jamiyatga 20 ming gektar er maydoni ajratilib, ishsiz yurgan ming nafarga yaqin yoshlarning bandligi ta’minlandi. Yoshlarga ko‘makchi va elkadosh sifatida Prezident Xalq qabulxonasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi biriktirildi.

Xo‘sh, o‘tgan davr mobaynida «Mo‘ynoq kelajagi bunyodkorlari» qanday ishlarni amalga oshirdi, qanday natijaga erishdi?

Yil boshidan shu kunga qadar qoraqalpoq yoshlari tomonidan jami 8 ming gektarga yaqin er o‘zlashtirildi, turli ko‘chatlar ekildi. Xususan, 1160 gektariga – beda, 1201 gektariga – makkajo‘xori, 129 gektariga – kungaboqar, 104 gektariga – qovun-tarvuz, 283 gektariga – kunjut, 1295 gektariga – sholi, 123 gektariga – jo‘xori va 16 gektariga – mosh ekildi. Bugungi kunda ayrim ekinlarni yig‘ib olish va ayrimlariga parvarish ishlari olib borilmoqda.

Masalan, bedadan 900 gektari o‘rib olingan bo‘lsa, ulardan chorvachilik xo‘jaliklari uchun jami 410 tonna silos va 11 350 dona presslar jamlandi. Hozirda qolgan ekinlarning 14 gektarida dorilash ishlari olib borilmoqda.

Ushbu tadbirlarga 46 ta yuqori unumli qishloq xo‘jalik texnikalari jalb etilib, agrotexnik va sug‘orish hamda zararkunandalardan himoyalash ishlari o‘z vaqtida, samarali olib borilishi natijasida ekinlardan ko‘zlangan me’yorda hosildorlik olishga erishilmoqda.

25.07.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar