Joriy yilning 21-iyul kuni Prezidentimiz boshchiligida yer hisobi va davlat kadastrlarini toʻliq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazilgan edi.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi Xalillillo TOʻRAXOʻJAYEV yigʻilishda tizimni isloh qilish borasida Prezidentimiz tomonidan berilgan koʻrsatmalar va sohada amalga oshiriladigan ishlar haqida quyidagilarni maʼlum qildi.
«Yurtboshimiz yer hisobi va davlat yer kadastrni toʻliq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish yuzasidan oldimizga aniq vazifalarni belgilab berdilar. Ushbu sohani isloh qilish va tubdan takomillashtirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan holatlar mavjud.
Joriy yil yakuniga qadar bizga yer turi, chegarasi va foydalanuvchilari haqida maʼlumotlarni jamlangan axborot tizimini ishga tushirish vazifasi yuklatildi. Geoportal ishga tushgandan soʻng yer ajratish jarayonlarida shaffoflik taʼminlanadi. Unda har bir fuqaro, tadbirkor jarayonni onlayn ravishda koʻrib borish imkoniyatiga ega boʻladi. Kosmos suratlarni taqqoslash orqali yer nazoratini samarali yuritib hosildorlikni tahlil qilish, yerlarni sugʻorish holatlarini muntazam yoʻlga qoʻyish kerakligini taʼkidladilar.
Sunʼiy yoʻldosh orqali maʼlumotlar olish boʻyicha muzokaralar olib borishimiz haqida koʻrsatmalar berdilar. Muzokaralar boshlangan. Koreya va Yevropa davlatlari bilan bu borada kelishuvga erishganmiz. Joriy yil yakuniga qadar virtual yer sunʼiy qobiq quyish stansiyasini ishga tushiramiz. Davlatimiz rahbari bugungi kunga qadar 21 ta kadastrdan 16 tasi toʻliq shakllanmaganini tanqid qildilar.
Buning oqibatida yerlar, uylar elektr tarmoqlari haqida aniq maʼlumotlar bazasi mavjud emasligini ham qayd etdilar. Bu muammoni bartaraf etish uchun ishchi guruh tuzgan holda har oyda muhokamalar tashkil etib, yil yakuniga qadar shakllantirilmagan yer kadastrlarini xatlovdan oʻtkazish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berdilar. Albatta, bu koʻrsatmalarga asosan ushbu sohani rivojlantirish va mukammal tizim sifatida shakllanishi uchun aniq rejalar ishlab chiqamiz va chora-tadbirlar belgilab olamiz».
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 13 Avgust 2024 | 24 Avgust 2024 | Surxondaryo viloyati |