Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Yangiqo‘rg‘on tumanidagi chegara hududlarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish bo‘yicha viloyat ishchi guruhining yakuniy hisobot yig‘ilishida ishtirok etdi.
Ishchi guruh 24 ta mahalladagi 11 ming 971 xonadonda bo‘lib, olib borgan o‘rganishlari natijasida turli yo‘nalishda 2,5 mingta muammo aniqlandi. Ularning 2 ming 13 tasi, ya’ni (80,5 foizi) qisqa fursatda bartaraf etildi. Xususan, ijtimoiy og‘ir ahvolda kun kechirayotgan oilalarning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida 2 ta xonadon ta’mirlandi, yana 2 ta xo‘jalikning uyi yangidan qurildi. 2 nafar yoshning OTMda to‘lov shartnoma masalasi hal etildi. Mahalliy aholining 124 nafariga homiylik asosida 62,7 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi. 301 nafar fuqaroga kasanachilik, tikuvchilik, asalarichilik hamda chorvachilik yo‘nalishlar faoliyat olib borishi uchun amaliy yordam ko‘rsatilib, yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Viloyat rahbari yuzaki yondashuv bilan muammolarni echib bo‘lmasligini, har bir qo‘yilgan vazifaning ijrosi qog‘ozga qarab emas, pirovardida erishilgan natijaga qarab baholanishini ta’kidlab, bu boradagi zarur chora-tadbirlar, amaliy vazifalarni belgilangan muddatda izchil tahlil etish va xulosa chiqarish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |