2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Davlat xizmatlari koʻrsatishda 1 ming 247 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi

Bugungi kunda davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari turi 7 taga koʻpayib, ularning soni 130 tadan oshdi.

Fargʻona viloyatida joriy yilning oʻtgan davrida koʻrsatilgan xizmatlar soni 453 ming 956 tani tashkil qildi. Markazlar orqali davlat xizmatlarini qabul qilishga boʻlgan talabni hisobga olgan holda joriy yil yakuniga qadar yana 30 dan ortiq davlat xizmatlarini koʻrsatish rejalashtirilmoqda.

 

Albatta, shaffof va qulay boʻlgan bu xizmatlarga talab kun sayin ortmoqda. Koʻrsatilgan davlat xizmatlarining statistik hisobotlariga eʼtibor beradigan boʻlsak, birgina viloyatda ular ichida eng koʻpi soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR) aniqlash, olish va oʻzgartirish – 118 ming, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish – 34 ming, jismoniy shaxslarga, yaʼni elektron raqamli imzo sertifikatini berish – 44 ming, shuningdek, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish – 21 mingtani tashkil etmoqda.

 

– Davlat xizmatlari koʻrsatish sohasini samarali tashkil etish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha 15 ta takliflar tayyorlanib, belgilangan tartibda agentlikka yuborildi, – deydi DXA Fargʻona viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi Sodirjon Ibragimov. – Mazkur takliflarni ishlab chiqishda asosiy eʼtibor davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonini yana-da soddalashtirish, taqdim etiladigan hujjatlar sonini kamaytirish va murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini qisqartirishga qaratildi.

 

Viloyatda hozirga qadar davlat xizmatlari markazlarining 14 ta innovatsion binosi foydalanishga topshirildi. Ayni vaqtda 5 ta shunday binolarni qurish ishlari olib borilayotgan boʻlib, ushbu binolarni joriy yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, tuman markazidan 20-50 kilometr uzoqlikda joylashgan hududlardagi qishloq aholisi uchun qulaylik yaratish maqsadida tashkil qilingan 4 ta markaz filiallari tomonidan 1 ming 223 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi. Olis joylarga chiqish orqali (“mobil davlat xizmatlari”) maqbul, qulay va shaffof uslublaridan foydalangan holda sayyor xizmatlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.

 

Amalga oshirilgan ishlarga qaramay, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida baʼzi qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilayotganligi aniqlanib, ular yuzasidan tegishli taʼsir choralari qoʻllanildi. Xususan, joriy yilning oʻtgan davrida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 1 ming 247 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi. Mazkur qonun buzilishlarning aksariyati yaʼni, 211 tasi kadastr, 68 tasi gaz taʼminoti, 425 tasi ichimlik va issiq suv taʼminoti, 70 tasi elektr taʼminoti idoralarining hissasiga toʻgʻri keladi.

 

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 36 ta taqdimnoma, 109 ta ogohnoma kiritildi va 80 ta maʼmuriy jarima qoʻllanildi. Kiritilgan taʼsir choralari natijasida 11 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi. Bundan tashqari, davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborilgan arizalarni koʻrib chiqishda vakolatli organlar tomonidan qonun buzilishi holatiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda fuqarolar mustaqil ravishda agentlikka xabar berish imkoniyati yaratildi.

 

Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan arizalarni oʻz vaqtida koʻrib chiqmaslik yoki noqonuniy rad qilish holatlarini dxa.gov.uz elektron tizimda onlayn ravishda aks ettirish tartibi yaratildi. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan davlat xizmatlari markazlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotganligini joyida aniqlash va tezkorlik bilan murojaat qilishlari uchun 19 ta tuman-shahar davlat xizmatlari markazlari kirish qismlariga murojaatlar qutisi ilinib, ishonch telefoni yozib qoʻyildi.

19.07.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar