2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident: Xalqimizning ongliligi asosiy qurolimiz boʻlishi kerak

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida navbatdagi videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Bugunga kelib yurtimizda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 15 mingdan oshgani, koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida 8 mingdan ortiq kishi sogʻaygani qayd etildi. Afsuski, ushbu virus tufayli qariyb 80 nafar fuqaro vafot etgan.

– Vaziyat hamon jiddiyligicha qolmoqda. Shuning uchun hech qaysi hudud rahbari bizda ahvol yaxshi, deb, xotirjamlikka berilishga haqqi yoʻq. Hamma joyda kamchiliklar bor. Eng asosiy vazifa – ularni vaqtida aniqlab, xolis baho berib, tezda tugatish chorasini koʻrishdan iborat, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bir haqiqatni unutmasligimiz zarur: kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi, degan gap aynan mana shu koronavirus haqida aytilgan. Agar biz bu xatarga beparvo, begʻam boʻlsak, minglab odamlarning sogʻligʻi va taqdirini xavf ostiga qoʻyamiz, vaziyatimiz yanayam ogʻirlashadi. Eng qoʻrqinchlisi, oʻlim soni keskin koʻpayadi.

Eslatish joiz, davlatimiz rahbari oʻzining avvalgi chiqishlarida pandemiyaga qarshi kurash strategiyasi va taktikasini tubdan oʻzgartirish keraklagi haqida gapirgan edi. Bugun ham shu masalaga toʻxtalar ekan, hozirgi pandemiya sharoitiga mos eng kuchli, eng taʼsirchan vositalarni ishga solish zarurligini taʼkidladi.

– Bu kurashda davlat va xususiy tibbiyot tizimi, barcha idoralarning doimo safarbar holatda boʻlishi va samarali ishlashi, shifokorlarning fidoyiligi, xalqimizning ongliligi bizning asosiy qurolimiz boʻlishi shart, – deya soʻzida davom etdi Prezident. – Faqat tezkor va muntazam safarbarlik, temir intizom, tibbiy madaniyat, yuksak onglilik bilangina biz bu ofatga qarshi kurasha olamiz.

Bu borada eng katta masʼuliyat hokimlar va sektorlar rahbarlari zimmasida ekani yana bir bor eslatib oʻtildi. Buning uchun ularda oʻz hududlaridagi mavjud vaziyat haqida toʻliq va haqqoniy maʼlumotlar boʻlishi, ular har kuni, har soatda yangilanib borishi kerakligi taʼkidlandi.

 

– Hokimlar, sektor rahbarlarining, barcha mutasaddi va masʼullarning miyasi soat mexanizmiday kunu tun, aniq va bexato ishlashi lozim, – dedi davlatimiz rahbari. – Afsuski, biz koʻpincha mana shu masalalarda oqsayapmiz. Qoʻlimizda aniq maʼlumot, asoslangan tahliliy materiallar yoʻqligi tufayli qabul qilgan qarorlarimiz kutilgan natijani bermayapti. Bu masalada qanday yordam zarur boʻlsa, marhamat, aytinglar, barchasini hal qilamiz. Chunki maqsad bitta: tezroq bu balodan qutulib, iqtisodiyotimizni, ijtimoiy hayotimizni toʻliq tiklab olishimiz kerak.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yigʻilishida yana bir bor xalqimizga murojaat qilib, jumladan, shunday dedi:

– Har birimiz oʻzimiz, oilamiz, farzandlarimizning sogʻligʻi va taqdiri uchun avvalo oʻzimiz masʼul ekanimizni chuqur anglashimiz lozim. Shu munosabat bilan xalq vakillari boʻlgan deputatlarimizdan, ijodkor ziyolilarimiz, hurmatli jurnalistlarimiz, mahalla faollaridan iltimos qilaman: pandemiya davrida har bir odamning shaxsiy masʼuliyati haqidagi targʻibot ishlarini yana-da kuchaytirishimiz kerak.

Biz pandemiyani qachon yengamiz? Qachonki, har bir odam oʻzidagi beparvolikni yengsa, oʻzi, oilasi va farzandlari, butun xalqimiz hayotiga masʼuliyat bilan qaraydigan boʻlsa.

 

Biz shunga qodirmizmi? Albatta, qodirmiz. Ishonchim komil, bugungi vaziyatning oʻzi taqozo etayotgan mana shunday hissiyot va qarashlar har bir yurtdoshimizning qalbi va ongiga chuqur kirib boradi. Va biz bu sinovdan, albatta, munosib oʻtamiz, – deya taʼkidladi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

 

 

Maʼlumki, 15-iyul kuni Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiyaga qarshi kurash borasidagi ishlar qattiq tanqid qilinib, aniq vazifalar belgilangan edi. Bu borada koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar boʻyicha bugun Toshkent shahri hokimi, Bosh prokuror va boshqa mutasaddi rahbarlar hisobot berdi.

18.07.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar