
Toshkent viloyati aholisining o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tishi uchun soliq idolari xodimlari tushuntirish ishlari olib borib, amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
Jumladan, Bo‘ka tumanida yil oxiriga qadar mingdan ortiq fuqaro o‘zini o‘zi band qilganlar ro‘yxatiga kiritilishi rejalashtirilgan. Ayni paytgacha yuzga yaqin fuqaro mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotnomaga ega bo‘ldi.
“Ko‘korol” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi boquvchisini yo‘qotgan, nogiron farzandi bor Sadoqat Imomqulovaning tikuvchilikda tajribasi etarli bo‘lsada, ishlashga sharoiti yo‘q edi. Soliq organlari xodimlari tomonidan mazkur oilaning ijtimoiy ahvoli o‘rganilib, tikish mashinasi olib berildi. U shu kunning o‘zida “SOLIQ” mobil ilovasi orqali o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tdi va faoliyati mehnat daftarchasida qonuniy qayd etiladigan bo‘ldi.
Bundan tashqari, 4-sektor hududida istiqomat qilayotgan 6 fuqaroga qoramol, 50 fuqaroning har biriga 1 million so‘mdan pul va oziq-ovqat mahsulotlari berildi. 309 fuqaroga esa 50 sotixdan er maydoni ajratildi.
– Menga ham dehqonchilik qilish uchun er maydoni ajratildi, – deydi “Cho‘lobod” MFYda yashovchi Lola Kamolova. – Hozir ayni ekish mavsumi bo‘lgani uchun dalalarda ish qizg‘in. Biz ham bundan unumli foydalanib olishimiz kerak. Kuzgi hosildan umidim katta, oladigan daromadim orqali oilamni kambag‘allik darajasidan olib chiqib, iqtisodiy ahvolini yaxshilayman, nasib qilsa.
Tumanning “Bo‘ston” MFYda yashovchi No‘’monjon Karimberdiev 4-sektor rahbariga issiqxona qurish uchun bankdan imtiyozli kredit olish to‘g‘risida murojaat qilgan edi. Unga ham imtiyozli kredit ajratilishida yordam ko‘rsatildi. Natijada ko‘rkam issiqxona qurilib, xalqimiz dasturxoni uchun sabzavot mahsulotlarini etishtirilmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |