2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mirzachoʻl tajribasi Qozogʻistonda tatbiq etiladi

Qozogʻiston Respublikasi Turkiston viloyati xokimligi delegatsiyasi Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumaniga tashrif buyurdi

Mirzachoʻl tumani hokimligi va jamoatchilik vakillari tomonidan samimiy kutib olingan qozogʻistonlik mehmonlar “Obod qishloq” Davlat dasturi asosida amalga oshirilgan ishlar, ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy, madaniy muassasalar, mahallalar hayoti bilan tanishdi.

 

Gagarin shahri markazida eski barak tipidagi uylarda yashovchi ikki mingga yaqin aholi uchun qisqa muddatda bunyod etilgan zamonaviy uylar, ijtimoiy inshootlar mehmonlarda hayrat va havas oʻygʻotdi.

 

Delegatsiya aʼzolari shaharchadagi “Mirzachoʻl tikuvchilik majmuasi”ni borib koʻrishdi.

 

Yengil konstruksiyadan barpo etilgan korxonada 300 nafar xotin-qiz ish bilan taʼminlangan. Korxona tikilayotgan mahsulotlar xorijga, shu jumladan, Qozogʻiston Respublikasiga ham eksport qilinayotir.

 

Mehmonlar shaharchadagi “Mirzachoʻltekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati korxonasi faoliyati bilan ham tanishishdi.

 

Delegatsiya aʼzolariga davlat xizmatlari agentligi tuman filialida yoʻlga qoʻyilgan xizmatlar juda manzur boʻldi.

 

Tuman qoʻshni Qozogʻiston Respublikasi bilan chegaradoshligi tufayli hududning milliy tarkibida qozoqlar alohida oʻrin tutadi. Qadimdan bir oila farzandidek yashab kelgan ikki millat vakillarining milliy madaniyati, urf-odatlari birlashib, bir-birini boyitib kelayotir.

 

Oʻtgan asrning oʻrtalarida respublikamizda yagona Qozoq milliy teatri ham aynan shu yerda tashkil etilgan. Keyinchalik teatr faoliyatini moddiy qoʻllab-quvvatlashga eʼtiborning susayishi oqibatida binodan foydalanishga, ijodiy jamoani shakllantirishga ham imkon boʻlmay qolgan edi.

 

“Obod qishloq” Davlat dasturi doirasida teatr binosi rekonstruksiya qilinib, tuman markazidagi eng koʻrkam inshootga aylantirildi. Ayni paytda muassasada Oʻzbek-qozoq milliy madaniy markazi faoliyat koʻrsatayotir. Markazda har ikki xalq milliy buyumlari koʻrgazma xonasi tashkil etildi. Milliy cholgʻuchilik, raqs, ashula, tasviriy sanʼat kabi toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

 

Mehmonlar oʻzbek-qozoq milliy madaniyat markazining tashkil etilishi xalqlarimiz mushtarak madaniyatining rivojiga juda katta hissa boʻlib qoʻshilganini eʼtirof etdi. Mehmonlar sharafiga badiiy havaskorlik toʻgaragi qatnashchilari qozoq milliy kuy-qoʻshiqlaridan namunalar ijro etdi.

 

Tuman hokimligida delegatsiya aʼzolari bilan tuman rahbarlari va faollarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tuman hokimi Komil Xolmurodov mehmonlarni Mirzachoʻlda amalga oshirilayotgan ishlar, hududni iqtisodiy, ijtimoiy rivojlantirish istiqbollari bilan tanishtirdi.

 

Uchrashuvda mehmonlar viloyatning eng chekka hududida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari oʻrganishga arzirli tajriba ekanligini alohida eʼtirof etdi

 

– Ushbu safardan maqsadimiz Oʻzbekistonning “Obod qishloq” Davlat dasturini amalga oshirish tajribasini oʻrganish edi, – deydi delegatsiya rahbari Turkiston viloyati sanoatni boshqarish, investitsiyalar va eksport boʻlimi boshligʻi Hikmatilla Raimbekov. – Haqiqatan ham Oʻzbekistondagi bu oʻziga xos tajriba oʻrganishishga, qoʻllashga loyiq ajoyib ish. Shu jihati bilan tashrifimiz amaliy ahamiyatga ega, foydali boʻldi. Jumladan, biz Turkistonda “Mirzachoʻl tikuvchilik majmuasining filialini ochishga kelishib oldik. Bu ikki tomon uchun ham foydali boʻladi. Biz Mirzachoʻl bilan hamkorlikni kengaytiramiz.

 

Qozogʻistonlik mehmonlarning safari davomida mehmonlar va mezbonlar oʻrtasida xalqlarimizning tarixiy, milliy va baynalmilal anʼanalari, yurtimizdagi katta oʻzgarishlar haqida samimiy suhbatlar boʻlib oʻtdi.

06.07.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar