2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

Barchangizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, sizlarga oʻzimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Fursatdan foydalanib, jahon miqyosida yuz bergan pandemiya tufayli vujudga kelgan bugungi murakkab vaziyat va qiyinchiliklarga qaramasdan, aholiga tezkor va ishonchli axborot yetkazib berish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni atroflicha aks ettirish yoʻlida oʻz professional burchini sidqidildan ado etib kelayotgan siz, jurnalistlar ahliga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

 

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

 

Sizlarga ayonki, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarishda axborot sohasini tubdan isloh qilish va rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

 

Keyingi uch yilda bu borada oʻndan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Xususan, “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.

 

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash maqsadida oʻtgan bir yil davomida koʻplab vazirlik va idoralarda axborot xizmatlari zamon talablari asosida qaytadan, 201 ta tuman va shahar hokimliklarida esa birinchi marta tashkil etildi.

 

Ana shu xizmatlar tomonidan ijtimoiy jarayonlar haqida ishonchli axborot berish maqsadida matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etilmoqda, hayotimizdagi muammo va hodisalarga tezkor munosabat bildirilmoqda, ularning veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, mobil messenjerlardagi sahifalari yangilab borilmoqda.

 

Oxirgi yillarda mamlakatimizda katta auditoriyaga ega boʻlgan qariyb 290 ta xususiy va idoraviy Internet nashrlari tashkil etildi. Ular boshqa materiallar qatorida eng muhim rasmiy axborotlar, normativ-huquqiy hujjatlarni oʻzbek, rus va ingliz tillarida tarqatmoqda.

 

Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli oʻzgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va kamchiliklarga davlat idoralari va jamoatchilik eʼtiborini qaratayotganini alohida qayd etish lozim.

 

Albatta, bugun biz hamma sohada, jumladan, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida ham izlanishdamiz. Binobarin, bu yoʻlda yutuqlar bilan birga, kamchilik va nuqsonlar boʻlishi ham tabiiydir.

 

Bu haqda gapirganda, milliy media maydonimizda zamonning oʻtkir talab va mezonlari, eng muhim tendensiyalarini ochib berish, tanqidiy tahlil, odamlar kutayotgan mavzu va muammolarni dadillik bilan oʻrtaga tashlash hali ham yetakchi oʻrin egallamayotganini aytishga toʻgʻri keladi. Afsuski, aksariyat axborot vositalarida ijtimoiy salmogʻi yengil boʻlgan, hisobot va balandparvozlik ruhidagi materiallar hanuz ustunlik qilmoqda.

 

Yana bir muhim masala – ayrim jurnalist va blogerlarimizda bilim va professional malaka, bahs madaniyati yetishmasligi jamoatchilikni tashvishlantirmoqda.

 

Bu boradagi eng asosiy vazifa – ana shunday kamchiliklarni chuqur oʻrganib, ularni bartaraf etish, mavjud miqdor koʻrsatkichlarini sifat koʻrsatkichlariga aylantirish, ommaviy axborot vositalarining samaradorligini oshirishdan iborat.

 

Biz bugun huquqiy demokratik davlat qurayotgan ekanmiz, jurnalistikaning butun dunyoda eʼtirof etilgan, oʻzgarmas talab va mezonlariga amal qilishimiz zarur. Bu mezonlarning eng asosiysi – xolislik va haqqoniylikdir. Binobarin, matbuot maydoniga kirgan inson – u jurnalist boʻladimi, bloger boʻladimi, bundan qatʼi nazar – ana shu qoidalarga amal qilishi shart.

 

Biz boʻlgʻusi jurnalistlarimiz chuqur bilim va kasb mahoratini, ona tilimiz bilan birga chet tillarni, faol fuqarolik pozitsiyasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, notiqlik malakasini puxta egallashlariga alohida eʼtibor qaratishimiz zarur.

 

Ana shunday yetuk kadrlarni tayyorlashda eng avvalo oʻzimizning boy maʼnaviy merosimizga tayansak, albatta natija boʻladi. Bu borada jadidlar, xususan, bu yil 145-yillik tavallud sanasi keng nishonlanayotgan ulugʻ alloma va publitsist Mahmudxoʻja Behbudiyning milliy jurnalistika maktabi ayniqsa muhim ahamiyatga ega.

 

Siz azizlarning bugungi kasb bayramingiz bahona bir ezgu taklifni ilgari surmoqchiman. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi stipendiyani taʼsis etsak, oʻylaymanki, bu ham yoshlarimizni milliy gʻoya ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, ayni vaqtda jahondagi yetakchi media kompaniyalarining kadrlar tayyorlash va ular bilan ishlashga oid tajribasini chuqur oʻrganib, chet ellik jurnalistlar bilan tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirishimiz zarur.

 

Muhtaram matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

 

Sizlarni va sizlarning ijod mahsulingizdan bahramand boʻladigan jamiki mushtariy va muxlislaringizni kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.

 

Barchangizga sihat-salomatlik, yangi yutuqlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

 

Shavkat Mirziyoyev,

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

27.06.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar