2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ommaviy qabullarda qanday muammolar hal etilmoqda?

Orolboʻyining janubiy nuqtasi – Beruniy tumanidan boshlangan muloqotlar Moʻynoq, Shoʻmanay va Kegeyli tumanlarida davom etdi.

Karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda tashkil etilgan ommaviy qabullarda Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari hamda barcha tizimdagi rahbarlar xalq dardini yuragi bilan eshitdi, joyiga chiqib koʻzi bilan koʻrdi, ularni hal qilish uchun kuch-imkoniyatlarni ishga soldi.

 

Toʻrt kun davom etgan ommaviy qabullarda 1233 nafar fuqaroning 1258 murojaati tinglandi. Shundan 567 murojaat joyida ijobiy hal etildi. 213 nafar murojaat egasiga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, 478 ta murojaat ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, nazoratga olindi.

 

Qabullarda tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni hal qilishga alohida eʼtibor qaratildi. Deylik, Kegeyli tumanidagi “Jayhun Kegeyli” tikuv sexi turli muammolar girdobida qolib faoliyatini toʻxtatgan edi. Tadbirkor Arioʻxan Qayipbergenovaning murojaatidan soʻng Bosh prokuratura masʼullari bu muammoga yechim topdi.

 

Maktabgacha taʼlim vazirligiga 66 nafar fuqarodan murojaat kelib tushgan boʻlsa, ularning 50 tasiga joyida yechim topildi. Amudaryolik tadbirkor Rasul Ametov tumanda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini qurish uchun subsidiya soʻrab murojaat qildi.

 

 

Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbarlari bu masalani joyiga chiqib oʻrgangach, tadbirkorga qurilish uchun subsidiya ajratiladigan boʻldi. Kegeylilik Muhabbat Qalimbetova va Nukuslik Meroʻyert Yermashevaning oʻz uyida oilaviy maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil qilish boʻyicha murojaatlari ham shu ommaviy qabulda ijobiy hal boʻldi.

 

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi vakillari tomonidan koʻrib chiqilgan 120 dan ziyod murojaatning 64 tasi joyida ijobiy hal etildi. Shular qatorida ishlab oilasiga daromad kiritish niyatidagi xotin-qizlarning 15 nafariga tikuv mashinalari, 13 nafariga non pechi topshirildi. Shoʻmanaylik Amangul Mirzambetovaning 16 yil oldin turmush oʻrtogʻi vafot etgach, 4 farzand tashvishi ayolning zimmasida qoldi. Doimiy ish topa olmay sarson yurgan bu ayolga endi oʻz uyida tikish-bichish bilan shugʻullanishi uchun imkoniyat yaratildi.

 

photo_2020-06-26_06-39-54.jpg

Ommaviy qabulda Ichki ishlar vazirligi masʼullari 86 ta masalaning 33 tasiga, Oliy sud rahbarlari va sudyalari esa 190 ta masalaning 82 tasiga joyida yechim topishga erishdi.

 

Qabul jarayonida elektr energiyasi bilan bogʻliq 28 ta murojaat koʻrib chiqildi, ularning 53 foizi joyida hal qilib berildi. Buning natijasida qisqa vaqt ichida 3 ta transformator, 2.1 kilometr elektr tarmoqlari rekonstruksiya qilindi. Shoʻmanay tumani “Bekjap” ovul fuqarolar yigʻinidagi transformator eskirgani bois aholi elektr energiyasi taʼminoti masalasida ancha qiynalib qolgan edi. Aholi murojaatidan soʻng bu ovulga yangi transformator oʻrnatib berildi.

 

 

Ommaviy qabullarda Orolboʻyidagi eng oʻtkir muammo – ichimlik suvi masalasida ham qator murojaatlar kelib tushdi. Chimboylik Zaoʻresh Yeshbayeva oʻzi yashayotgan Qorakoʻl mahallasini barqaror ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasida murojaat qildi. Endi bu yerga yangi suv tarmogʻi tortib beriladigan boʻldi.

 

 

Shoʻmanay tumani Dehqonobod mahallasi Qandekli qishlogʻidan Amanjol Yoqubovning murojaati ham ovul odamlarining ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qiladigan boʻldi. Yaʼni u yerga yangi suv taqsimlash stansiyasi qurib beriladi. Hududda 82 xonadonda 619 nafar kishi yashaydi. Yangi stansiya barpo etilishi va investitsiya dasturi asosida 3,5 kilometrlik tarmoq tortilishi shuncha odamning hayotiga yangi sifat olib kiradi.

 

 

Ommaviy qabullar jarayonida ish masalasida murojaat qilgan 102 nafar fuqaroning murojaati koʻrib chiqilib, ularni amaliy hal etish choralari koʻrildi. Moʻynoqlik Indira Ibadullayeva kollejni tamomlagach oʻziga mos ish topa olmay ishsiz yurgan ekan. Murojaatidan soʻng esa unga tumandagi maktablarning biridan madaniyat va sanʼat toʻgaragi tashkil qilib berildi. Yoxud Shumanay tumanida yashovchi Karamaddin Joldasov 3 yil deganda tuman oʻrmon xoʻjaligi boʻlimiga ishga qabul qilindi. Janibek Tayekeyev esa “Hududgaz taʼminot” AJ boshqaruvi masʼullariga murojaatidan keyin payvandchi boʻlib ishga joylashdi.

 

 

Ommaviy qabullarda Orolboʻyi aholisining ana shunday katta-kichik muammolari ich-ichidan oʻrganilib, ularni imkon qadar shu joyning oʻzida hal etishga harakat qilindi. Ijrosi katta mablagʻ va muayyan vaqt talab etadigan masalalar roʻyxati har bir tuman-shahar kesimida shakllantirilib, respublika darajasida hal etiladigan muammolar yechimi boʻyicha vazifalar belgilandi, tegishli “yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi.

26.06.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar