Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi insonlarning sabrini, irodasini sinovdan o‘tkazmoqda. Xalqimiz kasallik oldida har qachongidanda jipslashdi. Bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zayotgan fuqarolar, muhtoj fuqarolarga moddiy ko‘mak berayotgan tashkilotlar, tadbirkorlar ko‘payib borayotgani quvonarlidir.
Karantin davom etayotgan shu kunlarda Sirdaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot, korxona, muassasa, firma va tadbirkorlar aholining kam ta’minlangan qatlami holidan xabar olib, ularga baholi qudrat moddiy ko‘mak berishdek xayrli ishlar davom etmoqda.
– Viloyat adliya boshqarmasi va uning tuman-shahar bo‘limlari xodimlari tomonidan karantin boshlangandan buyon aholiga bepul huquqiy ko‘mak, shuningdek, aholining kam ta’minlangan va ehtiyojmand qatlamiga moddiy yordam berib kelinmoqda, – deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i J.Nuritdinov. – Mana bugun Guliston shahridagi 2-mavzeda joylashgan nogironligi mavjud, ko‘p farzandli ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat to‘plamlari tarqatildi. Adliya boshqarmasi hamda Guliston shahar adliya bo‘limi mutaxassislari fuqarolar bilan suhbatlashib, ularni qiziqtirgan savollarga huquqiy maslahat va tushunchalar berdi.
– Keksalik nafaqasidaman, yolg‘iz o‘zim yashayman, – deydi Shodlik mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi D.Andreev. – Adliya xodimlari yo‘qlab kelganidan, to‘g‘risi juda ham xursand bo‘ldim. Ular menga nafaqat oziq-ovqat, balki meni qiziqtirgan savollarga ham huquqiy tushunchalar berdi. Huquqshunoslarning bunday ko‘magidan behad minnatdorman.
– Ozgina e’tibordan qancha ko‘ngillar shod bo‘ldi, bir-birimizga, qo‘li yupqaroq qo‘shnilaru mahalladoshlarga e’tiborli bo‘laylik. Koronavirusni bahamjihat engamiz, – deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘aev.
Shu kunning o‘zida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Guliston shahrida istiqomat qiluvchi 200 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, oilasida nogironligi bor, ko‘p bolali oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilib, zarurlariga huquqiy maslahat berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |