
Bugungi kunda Orolboʻyining barcha hududlari singari Boʻzatov tumanida ham keng koʻlamli qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, aholi farovonligi hamda yoshlar bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, joriy yilning bahor oylarida “Boʻzatov” shaharcha fuqarolar yigʻini hududining 5 gektar yer maydonida “Yoshlar bogʻi” tashkil etildi. Bogʻga 5 ming tup mevali daraxt koʻchati va poliz mahsulotlari ekilib, “Fidoyi yoshlar” guruhiga jamlangan 30 nafar yigit-qiz ish bilan taʼminlandi. Shuningdek, tumanda 300 ta issiqxona qurilgan boʻlsa, shundan oʻttiztasi ishsiz yoshlarga berildi. Ayni paytda ushbu issiqxonalarda pishib yetilgan pomidor va bodring peshma-pesh bozorga chiqarilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tashkil etilgan “Moʻynoq kelajak bunyodkorlari” masʼuliyati cheklangan jamiyatida esa 40 nafar yoshlar bandligi taʼminlangan. Mazkur jamiyat tasarrufidagi yer maydonining 118 gektariga makkajoʻxori, 50 gektariga beda ekilgan.
Tumanda yoshlar bandligini taʼminlash tadbirlari izchil davom etmoqda.





| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |