2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ishsiz yoshlar safi kamaymoqda

Buxoro shahrida 2 ming 500 nafardan ziyod yoshlar ishsiz. Shahar xalq qabulxonasi tomonidan ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash borasida davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 1-iyun holatida 792 nafar yoshlarning bandligini taʼminlashda hamkor tashkilotlarning koʻmagi katta boʻldi. Tahlillarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak 385 nafar yoshlar hokimlik va sektor shtablari, 407 nafar yoshlar tarmoq korxonalari tomonidan ishga joylashtirilgan.

 

photo_2020-06-21_18-52-18.jpg

 

Bugun shaharning qaysi burchagiga bormang yangi, zamonaviy qurilishlarga koʻzingiz tushadi. U yerda yoshlarni shijoat bilan ishlayotganligiga guvoh boʻlasiz.

 

 

Shaharning qoq markazida qad koʻtarayotgan “Karvon Shoping centr” rahbari Alisher Safarovning taʼkidlashicha, majmuada payvandlovchi, boʻyoqchi, gipso-karton oʻrnatuvchi mutaxassisligi bor yoshlar ishga qabul qilinmoqda. Mazkur obyektda 2 mingta savdo nuqtasi bunyod etilayotir. Obyekt ishga tushishi bilan 6 ming ish oʻrni yaratiladi. Ayni kunda 30 ga yaqin mutaxassislarga ehtiyoj bor.

 

photo_2020-06-21_18-52-23.jpg

 

– 30 yoshdaman mutaxassisligim payvandlovchi, – deydi shahardagi Bunyodkor mahalla fuqarolar yigʻini Zulfiya koʻchasi 5-uy, 32-xonadonda yashovchi Javohir Arabov. – Ancha yillardan beri Rossiya davlatiga borib ishlab kelardim. Bugun shahrimizda boʻlayotgan koʻplab qurilish obyektlarida ish borligini eshitib, xorijga ishga bormaslikka qaror qildim. Hozirda “Buxoro Mega stroy invest” qurilish tashkilotiga ishga kirdim. Bu yerda uch mahal issiq ovqat, kiyim-kechak va qilingan ishga qarab oylik maoshi berilar ekan. Tengdoshlarimga qarasam 15 kunda 3 million soʻm oylik olayapti. Bunday sharoit bor ekan oilam yonida, oʻz ona Vatanimda mehnat qilaman.

 

 

Shahardagi “Bukhara Brilliant Silk” korxonasi ishlab chiqarish boʻyicha rahbar oʻrinbosari Murtazo Qodirovning taʼkidlashicha, pilla xom ashyosini qayta ishlaydigan mazkur tashkilotda bugungi kunda yigiruv, toʻquv, eshuv sexlarida 100 ta ish oʻrni mavjud. Dastlab, 3 oy “ustoz-shogird” anʼanasi asosida ish oʻrgatiladi. Bu jarayonda 500-550 ming soʻm maosh toʻlanadi. 1 mahal issiq ovqat beriladi. Borish-kelish uchun avtobus ajratiladi. Uzoqdan kelib ishlaydiganlr uchun yotoqxona beriladi. Ish 2 smenada olib boriladi. 3 oydan soʻng bajarilgan ishiga qarab 1-1,5 million soʻm oylik maoshi toʻlanadi.

 

photo_2020-06-21_18-52-43.jpg

 

– Bir hafta boʻldi ishga kelganimga, – deydi Kogon tumani, Oqchamamat qishlogʻida yashovchi Oydinoy Annayeva. – Oyim bir oʻzi ishlaydi. Oilada 3 nafar qizmiz. Boshqa boquvchimiz yuq. Shu sabab oyimga koʻmak berish maqsadida mazkur korxonaga ish soʻrab keldim. Qarangki, ish oʻrganish uchun shogirdlar qabul qilinayotgan ekan. Juda xursand boʻldim. Ayni paytda shogird maqomida ishlayapman. Sharoitlar yaxshi. Endi shu sohada ishlab oʻqishga kirishni maqsad qilib qoʻydim.

 

 

– Buxoro texnologiya va muhandislik instituti toʻqimachilik va charm sanoati fakultetining 3-kurs talabasiman, – deydi Jondor tumani Xumin qishlogʻida yashovchi Nigora Samadova. – Hozir yozgi taʼtildaman. Taʼtilda samarali mehnat qilish va kontrakt pulini toʻlash uchun mazkur korxonadagi yigiruv sexida mehnat qilyapman. Bundan mamnunman. Kelajakda shu sohada ham ishlab, ham oʻqishimni davom ettirib mutaxassis boʻlmoqchiman. Korxonada barcha sharoitlar yaratilgan. Uyga borib kelish uchun avtobus ajratilgan, issiq ovqat beriladi. Asosiysi mehnatim evaziga kontrakt pulimni toʻlayapman.

 

photo_2020-06-21_18-53-15.jpg

 

Joriy yil shaharda jami 157 ta koʻp qavatli uylar, 866 ta savdo va maishiy xizmat doʻkonlari qurilib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur obyektlar qurilishi jarayonida 2 ming 598 ta ishchi oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar 2 ming 168 nafar ishsiz yoshlar bandligi taʼminlangan boʻlsa, rejaga nisbatan 438 ta boʻsh ish oʻrinlari mavjud.

 

 

Shunga koʻra, soʻngi toʻrt kun mobaynida ushbu qurilish korxonalariga 42 nafar yoshlar ishga joylashtirildi.

22.06.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar