Prezidentimiz tashabbusi bilan nogironlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, kam ta’minlangan oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar ehtiyojmand oilalarga chinakam quvonch olib kirmoqda.
Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani “Xidirsha” mahalla fuqarolar yig‘ini Qozoq massivida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun qurilgan yangi uy-joylar o‘z egalariga topshirildi.
“Obod qishloq” dasturiga asosan yangilangan loyiha bo‘yicha barpo etilgan namunali uylar 115 xonadonga mo‘ljallangan. Uylarni topshirishga bag‘ishlangan marosimda 82 ta uyning kaliti xonadon sohiblariga topshirildi.
–Uy barchamizga manzur bo‘ldi, - deydi Ruslan Tolibov. – Ochig‘i, bunday shart-sharoitlari to‘kis uy-joyga ega bo‘laman, deb sira o‘ylamagandim.
Ayniqsa, mahallamizning osoyishta, bahavo maskanda qad rostlagani, 240 o‘rinli alohida maktab, mahalla guzari barpo etilayotganidan boshimiz ko‘kka etdi.
Tadbirda ishtirok etgan Andijon viloyati hokimi Ch. Abdurahmonov “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari asosida viloyatda olib borilayotgan ishlar, Andijon shahri aholisi tobora ko‘payib borayotgani, shu bois shahar hududini kengaytirish Bosh reja asosida amalga oshirilayotgani haqida so‘z yuritdi. Yangi barpo etilgan mazkur mahalla endi Xo‘jaobod tumani emas, Andijon shahri tarkibiga kirishini bildirdi. Ushbu zamonaviy mahallaga “Mustaqillikning 27 yilligi” deb nom berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |