
Buxoro viloyati Romitan tuman hokimi Xurshid Tohirov tomonidan ogʻir sharoitda yashayotgan oilalarni daromad topishga oʻrgatish, ularning hayotini yaxshilash maqsadida 268 ta oilaga qoramol, parranda hamda tikuv mashinalari yetkazib berildi.
Tuman rahbari tomonidan hududdagi birinchi sektorga qarashli “Samosiy” MFY dagi Erkin Umarov hamda Joʻrabek Murodovlar, “Azizon” MFY dagi Nusrat Qurbonov hamda Yodgor Karimovlar, “Mugʻoncha” MFY da istiqomat qilayotgan Otabek Bozorov hamda Sherali Karimovlar oilalariga bir boshdan sogʻin sigir berildi. Yana shunday ogʻir ahvoldagi 18 xonadonga jami 900 bosh tovuq ajratildi.
– Prezidentimiz tomonidan saxovat koʻrsatilayotganligini oynai jahon orqali koʻrardim, – deydi “Oʻzbekiston” MFYda yashovchi Rahima hamda Rayhon Qandiyorova. Bugun mana shu saxovat tadbiri mening hayotimda ham roʻy berdi. Tuman rahbari tomonidan har birimizga 50 boshdan, qafaslari bilan parranda yetkazib berildi. Bu parrandalarni boqib, parvarishlab, bosh sonini oshiraman. Roʻzgʻorim ehtiyoji uchun sarflayman. Bizni oilamizni oʻylab qilingan saxovat tadbirlari uchun yurtboshimizga minnatdorlik bildiraman.
Shuningdek, tumandagi "Qalaychorbogʻ” MFYda yashovchi Munira Fayzullayeva hamda Mohinur Toʻrayeva, “Baxtiyorchi” MFYda istiqomat qilayotgan Yulduz Mahmudovalarga zamonaviy tikuv mashinalari olib berildi.
Karantin kunlarida sektor hududidagi 110 xonadonga 13 turdagi oziq-ovqat mahsuloti ham yetkazib berildi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarning 22 nafar aʼzosi ish bilan taʼminlandi. Dori-darmonga muhtoj 8 oilaga 400 ming soʻmdan, shu qatorda sarmoyaga muhtoj 16 xonadonga umumiy qiymati 3 million soʻmlikka yaqin moddiy yordam koʻrsatildi.
Bu kabi xayrli ishlar davom etmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |