2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholiga 15 milliard soʻmni xayriya qilgan andijonlik tadbirkor

Yurtimizda epidemiya sabab eʼlon qilingan karantin natijasida koʻplab ishlab chiqarish, qurilish, xizmat koʻrsatish va savdo nuqtalari toʻxtab qolgan edi. Shu vaqt mobaynida aholi orasida ayrim ijtimoiy maishiy muammolarga duch kelganlar soni ham ortgani haqiqat.

Xayriyatki, hukumatimizning oʻz oʻrnida amalga oshirgan saʼy-harakatlari bilan oʻta ogʻir kunlarni asta sekin yengib, yorugʻlik sari chiqib bormoqdamiz.

 

Ayniqsa, shu vaqt oraligʻida “Saxovat va koʻmak” xayriya tashabbusi orqali koʻplab yurtdoshlarimizga saxovatpesha hamyurtlarimiz tomonidan moddiy-maʼnaviy yordam koʻrsatildi.

 

Ana shunday saxovatpesha tadbirkorlardan biri, “Milliy tiklanish” partiyasi boshlangʻich tashkiloti aʼzolaridan iborat “Grand Pharm Trade” MCHJ Bosh direktori Azizxoʻja Abbosxoʻjayev respublikamiz boʻylab 5000 oilani MCHJ qaramogʻiga oldi.

 

Ushbu haftadan boshlab MCHJ tashabbusi bilan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududlardagi boshqarma va boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tijorat banklarining plastik kartalari tarqatila boshladi.

 

“Milliy tiklanish” partiyasi Andijon viloyat Kengashi deputati Qaxramon Otaxonovning taʼkidlashicha kam taʼminlangan 5000 oilaga MCHJ tomonidan har oyda 1 mln. soʻmdan, jami 3 oy muddatda 3 mln. soʻm moddiy yordam ularning nomiga ochilgan bank plastik kartalariga har oy boshida tushirib beriladi. “Saxovat va koʻmak” umummilliy harakati doirasida ehtiyojmand oilalarga jami 15 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar ajratilgan.

 

Andijon viloyatining oʻzida 900 ga yaqin oila roʻyxatga kiritilgan boʻlib, shu kungacha Andijon viloyatidagi 500 ta oilaga bank plastik kartalari yetkazib berildi.

 

Haqiqatdan ham ehtiyojmand, muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlashning yangi bosqichini boshlash bugunning talabiga aylangan. Xalqimizning, sabr-matonati, davlatimizning insonparvar siyosati hamda saxovatli tadbirkorlarimizning koʻmagi bilan, jipslikda bir musht boʻlib, sinovli kunlarni yengib oʻtmoqdamiz.

16.05.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati

Foydali resurslar