2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonalari qishloq yoshlari bandligini ta'minlamoqda

Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan Yoshlar ittifoqi va sektorlar bilan hamkorlikda yoshlar muammolari bilan ishlash, ayniqsa, ularning bandligini ta'minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda har bir hududda “Manzilli reja” va “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, mahalliy kengashlar sessiyalari qarorlari bilan tasdiqlandi. Ushbu hujjatlar ijrosi doirasida mamlakatimiz bo‘yicha jami 117 ming nafardan ziyod yoshning bandligi ta'minlandi.

Xususan, qishloq xo‘jaligida qariyb 40070 nafar, tadbirkorlik sohasida 17520 nafardan ortiq, jamoatchilik ishlarida 22550 nafardan ko‘proq, qurilish sohasida 5000 nafardan ziyod, boshqa soha va yo‘nalishlarda 29800 nafardan ortiq, shu jumladan, vazirliklar, qo‘mitalar, uyushmalar va boshqa tashkilotlar tizimlarida 16297 nafar yoshlar ishga joylashtirildi.

Shular qatorida 2061 nafar yosh turli kasblarga qayta o‘qitildi.

Yoshlarning tadbirkorlikka oid 9157ta loyihasi uchun tijorat banklari 357,5 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratdi.

Har bir yoshga – bir gektar” loyihasi doirasida 15 ming nafardan ziyod yoshlarga 29,3 ming gektar yer ajratildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 10223 nafar ishsiz farzandlarini birlashtirgan 266 ta ishlab chiqarish birlashmalari tashkil etildi.  

Prezident Xalq qabulxonalarining bu yo‘nalishdagi ishlari davom etmoqda.  

12.05.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati

Foydali resurslar