Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Zangiotada 15 gektar bogʻ oralari 22 oilaga ajratib berildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini taʼminlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Prezident Xalq qabulxonasi, sektorlar rahbarlari va Yoshlar ittifoqi bu borada yangi imkoniyatlarni izlab topmoqda. Oʻtgan yili Zangiota tumani Achchiqsoy mahallasidagi qarovsiz 15 gektar hudud obod qilingan, suv chiqarilib, bogʻ barpo etilgan edi.

 

Bu yil bogʻning saxovatpesha egalari 15 gektardagi koʻchatlar oralarini hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 22 oilaning ishsiz farzandlariga begʻaraz ajratib berdi. Maqsad – ularning ekin ekib, daromad topishiga sharoit yaratish.

 

Ezgu ishlar tezda boʻy koʻrsatdi: 22 oilada yashovchi 32 kishi barqaror daromad manbaiga ega boʻldi. Ayni paytda bogʻ oralarida bir qarich ham boʻsh joy yoʻq: kimdir qulupnay yo sarimsoq, boshqa birov kartoshka yoki pomidor parvarishlamoqda. Bulgʻor qalampirlari boʻy choʻzib, tarvuz-qovunlar palak yozdi.

 

Mana, shu kunlarda qulupnaylar gʻarq pishdi. Oilalar dastlabki daromadini ola boshladi. Tez orada qolgan mahsulotlar ham bozorga chiqariladi. Soʻng ikkinchi ekinga kirishiladi. Yaʼni, 22 oila shu tariqa yil boʻyi shu bogʻda mehnat qilib, roʻzgʻorini butlaydi. Bogʻdagi daraxtlar hosilga kirgach, yana qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratiladi.

 

Tajribali mirishkorlar yoshlarga dehqonchilik sir-asrorlarini oʻrgatib kelmoqda.

 

 

02.05.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar