2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
25 mingdan ziyod gektar er maydonlari yoshlarga ajratildi

Yurtboshimiz topshirig‘iga asosan Prezident Xalq qabulxonalari boshchiligida joylarda sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.

Ushbu loyiha doirasida 2020 yilning 1-choragi natijalariga ko‘ra, respublika bo‘ylab jami 25 mingdan ziyod gektar er maydonlari yoshlarga ajratildi. Jumladan, 1 277 ga. sabzavot, 1 787 ga. poliz, 10 296 ga. dukkakli ekinlar, 7 727 ga. boshoqli don ekinlari va 391 ga. kartoshka ekish uchun, 3 866 ga. esa bog‘ yaratish uchun ajratib berildi.

Yoshlarga biriktirib qo‘yilgan kooperatsiya va klaster yordamida erlar shudgor qilingan holda jami 4 mingga yaqin gektar maydonga sabzavot, poliz, dukkakli ekinlar, boshoqli don ekinlari va kartoshka urug‘lari qadaldi, 335 ming tup mevali va 135 ming tup manzarali daraxtlar ekildi.

Misol uchun, bugungi kunda Xorazm viloyatida 39 mingga yaqin ishsiz yoshlar bor. Manzilli rejaga ko‘ra yil oxirigacha ularning 29 ming nafari, ya’ni 74,5 % ning bandligi ta’minlanishi nazarda tutilgan. “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi asosida ajratib berilayotgan erlar ularga imkoniyat eshiklarini ochdi desak, mubolag‘a emas.

Yoki Andijon viloyatini olsak. Mazkur loyiha asosida 2 mingga yaqin yoshlarning har biriga o‘rtacha 21 sotixdan jami 400 gektar ekin er maydoni ajratilib berildi. Hozirda joylarda issiqxonalar tashkil etilib, barcha erlarga turli xil sabzavot ekinlari, mevali va manzarali daraxtlar ekilib, parvarish qilinmoqda. Yaqin kunlarda ekinlar hosilga kiradi.

Navoiy viloyatida “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida yoshlar uchun 840 gektardan ziyod bo‘sh yotgan er maydonlari ajratib berildi. Ularni sug‘orish uchun 11 ta yangi quduq qazildi, yana 150 dan ziyod quduq bo‘yicha qazish ishlar olib borilmoqda. 20 kilometrga yaqin ariqlar qazildi. Bugunga qadar o‘zlashtirilgan 400 ga. yaqin hududga urug‘ va nihollar ekildi. Jumladan, 12 gektarga — sabzavot, 78 ga — poliz, 113 ga – dukkakli va kartoshka urug‘lari qadaldi, 119 gektarga esa mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida e’tirofga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, loyiha bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan “Mo‘ynoq kelajagi bunyodkorlari” MChJ tashkil qilinib, ushbu korxonaning ustav fondi 75 ta avtotransport vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari va mexanizmlari hisobiga shakllantirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli qarori bilan, “Mo‘ynoq kelajagi bunyodkorlari” MChJga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun belgilangan tartibda bo‘sh turgan er uchastkalari va zaxira erlar hisobidan Mo‘ynoq — 5 000 ga., Qo‘ng‘irot 3 000 ga. va Taxtako‘pir 2 002 ga. tumanlaridan, jami 10 002 ga. er maydonlari ekinlar ekish uchun ajratib berildi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qolgan tumanlarida ham yoshlarga dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun qariyb 7,8 ming gektar erlar ajratilgan. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida qariyb 1,8 ming nafar yoshning bandligini ta’minlanadi.

O‘z o‘rnida shuni ham aytib o‘tish kerakki, respublika bo‘ylab tijorat banklari tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, jami 5719 ta loyiha uchun 247,6 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Har bir loyihaga o‘rtacha 43,3 mln. so‘mdan to‘g‘ri keladi.

Bugungi sinovli kunlarda ham Prezident Xalq qabulxonalari boshchiligida bu borada amaliy ishlar tizimli ravishda davom etyapti.

23.04.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar