2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Federatsiya va uning hududiy bo‘linmalariga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar tahlil etildi...

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tuzilmalariga 2020 yilning 1-choragida fuqaro (iste’molchi)lardan jami 2388 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 1469 tasi og‘zaki, 536 tasi yozma, 383 tasi esa elektron shaklda yuborilgan.

Ushbu Federatsiyaga kelib tushgan 383 ta elektron murojaatning 289 tasi “Prezidentga murojaat portali”, 89 tasi yagona Davlat interaktiv portali orqali Bosh prokuratura tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun yo‘llangan.

Mazkur ariza va shikoyatlarning 2220 tasi ya’ni, 93,0 % ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 2 934 044 941 (ikki milliard to‘qqiz yuz o‘ttiz to‘rt million qirq to‘rt ming to‘qqiz yuz qirq bir) so‘m etkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi. (O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 150 346 103 (bir milliard bir yuz ellik million uch yuz qirq olti ming bir yuz uch) so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan )

Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan, iste’molchilardan tushgan 8 ta murojaat asosida iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga da’vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 158 944 266 (bir yuz ellik sakkiz million to‘qqiz yuz qirq to‘rt ming ikki yuz oltmish olti) so‘m moddiy va ma’naviy zararlar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Bundan tashqari, Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan, iste’molchilardan tushgan jami 19 ta murojaat yuzasidan ularning qonuniy manfaatlarini ko‘zlab, nazorat organlariga tegishli murojaatlar yo‘llanib, ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga 10 000 000 (o‘n million) so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi

2020 yilning 1-choragi davomida Federatsiya va uning hududiy bo‘linmalariga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning 813 tasi (34,0%) savdo sohasiga, 270 tasi (11,3%) gaz ta’minoti sohasiga, 335 tasi (14,0%) elektr ta’minoti sohasiga, 138 tasi (5,8%) suv ta’minoti sohasiga, 141 tasi (5,9%) kommunal xizmat sohasiga, 18 tasi (0,8%) sog‘liqni saqlash sohasiga, 77 tasi (3,2%) xizmat ko‘rsatish (servis) sohasiga, 41 tasi (1,7%) transport sohasiga, 81 tasi (3,4%) aloqa (va internet) sohasiga, 459 tasi (19,2%) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri kelishini ko‘rishimiz mumkin.

Federatsiya tizimida tashkil qilingan 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoniga fuqarolar tomonidan hisobot davrida jami 874 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib ushbu murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi natijasida 820 tasi ijobiy hal etilishiga erishildi.

Mazkur ijobiy hal qilingan murojaatlar natijasida 1 596 803 166 (bir milliard besh yuz to‘qson olti million sakkiz yuz uch ming bir yuz oltmish olti) so‘m mablag‘ iste’molchilar foydasiga undirilgan.

Bugungi kunda fuqarolarimizga yanada qulaylik yaratish maqsadida ularning tegishli murojaatlari Federatsiya tizimida tashkil qilingan 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoni, Federatsiyaning virtual qabulxonasi, Bosh prokuraturaning elektron dasturi (crm.trask.uz) hamda Prezidentga murojaat portali orqali qabul qilib kelinmoqda.

19.04.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati

Foydali resurslar