2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident Xalq qabulxonalari elning birdamligi va hamjihatligiga xizmat qilmoqda

Mamlakatimiz rahbarining “Odamlarimiz islohotlar samarasini kelajakda emas, balki bugun o‘z hayotida his etishlari zarur”, degan hayotbaxsh g‘oyasi bugungi sinovli kunlarda ham o‘zini to‘liq oqlamoqda.

Aytganlarimiz Prezidentimiz asos solgan xalq bilan muloqot tizimining amaliy natijalari, joylarda tashkil etilgan Prezident Xalq qabulxonalari faoliyati asosida o‘zgalar ko‘magiga muhtoj, najot kutayotgan insonlarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar asosida ham o‘z isbotini topmoqda.

Koronavirus pandemiyasi salbiy ta’sirini yumshatish borasida boshlangan xayrli ishlar bugun Prezident Xalq qabulxonalari ish faoliyatining asosiga aylanib ulgurdi. Karantin e’lon qilingan ayni kunlarda Prezidentimizning Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar ham endilikda on-layn tartibda qabul qilinib, har bir murojaat o‘ta qisqa fursatlarda o‘rganib, tahlil qilinmoqda va zudlik bilan echimi topilmoqda.

Mazkur aytilganlarga isbot topish uchun uzoqqa borish shart emas! Misol tarzida Bag‘dod tumanini olaylik. O‘tgan bir hafta davomida Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida tuman bo‘yicha 700 dan ziyod ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy ko‘mak paketlari – oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami markazlashgan holda etkazib berildi. Hozirda esa yana 1300 ta oilaga shunday ko‘mak mahsulotlari tayyorlanyapti. Yaqin kunlarda ular ham o‘z egalariga etkaziladi.

Tumandagi homiylar shunday sinovli kunlarda o‘zining beg‘araz yordamini ko‘rsatish qalb amriga aylangan insonlar tomonidan etkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya va gigiena me’yorlariga to‘liq amal qilingan holatda saranjomlanyapti hamda mahallalar kesimida shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida ko‘mak kutayotgan insonlarga etkazib berilyapti.

Shunday beg‘araz ko‘mak “Namuna” MFY o‘ramida istiqomat qiluvchiMansurjon Rahmonovlar oilasiga ham olib borildi. Oilada to‘rtta jon istiqomat qiladi. Oila boshlig‘i mavsumiy ishlar bilan band bo‘lgan. Rafiqasi bola tarbiyasi bilan band. Ayni kunlarda joriy etilgan tartib bo‘yicha uyida qolayotgan bu insonlarga go‘sht, makaron, un, yog‘, sabzavot mahsulotlari ikki haftadan ko‘proq vaqtga etadigan darajada olib kirib berildi.

Furqat tumani aholisi murojaatlari bilan ishlab kelayotgan Prezident Xalq qabulxonasida ham kelib tushayotgan murojaatlar mazmun-mohiyati ko‘pchilik hollarda karantin e’lon qilingan kunlarda aholini o‘yga solayotgan masalalar bilan bog‘lik. Dehqon bozorlaridagi narx-navolar, pensiya va nafaqalar to‘lovi, dezinfektsiyalash jarayonlaridan boshlab ovloq qishloqlarda vujudga kelayotgan muammolar kelib tushmoqda va ularning echimini topish choralari zudlik bilan ko‘rilmoqda.

Misol uchun, “Farg‘ona suvta’minot” MChJ Furqat tumani bo‘limi xodimlari aholi tomonidan Xalq qabulxonasiga kelib tushgan toza ichimlik suvini etkazib berish bo‘yicha murojaatlarni qondirish, joylarda yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish ishlari bilan bandlar. Umuman,nafaqat toza ichimlik suvi ta’minoti, kommunal tarmoqqa daxldor bo‘lib, Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan barcha masalalar zudlik bilan hal etilishiga e’tibor susaymagan.

Furqat tumanida Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan dehqon bozorlaridagi narx-navolar mo‘’tadilligini saqlash, ayniqsa, narxlarning sun’iy o‘sib ketishidek noxush hollarga yo‘l qo‘ymaslik masalasiga e’tibor kuchaytirilgan. Bundan tashqari, dehqon bozorlariga etkazuvchi yo‘llar karantin talablariga ko‘ra dezinfektsiyalanmoqda, bozorlarga kirishda sanitar-shifokorlar faoliyati tashkil etildi, bozor hududlari muntazam zararsizlantirilmoqda. Mahsulotlar sifati ta’minlanishi barobarida narx-navolar barqarorligi saqlanmoqda.

Bugun qaysi bir hududga bormang, karantin postlari faoliyatini kuzatasiz, ko‘cha bo‘ylariga joylashtirilgan lavhalar barchani yuqumli kasallikdan himoyalanishga chorlaydi.

Shunday sinovli kunlarda Prezident Xalq qabulxonasi farg‘onaliklarni birdamlikda va hamjihatlikda ish tutib, yon-atrofdagilarni ko‘llab-quvvatlash, avvalambor, insoniy mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlashga erta-yu kech xizmat qilmoqda.

17.04.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati

Foydali resurslar