
Oʻzbekistonda karantin sharoitida aholini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari ish boshlagan. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi qoshida tashkil etilgan mazkur markazlar faoliyatining bugungi faoliyatiga doir maʼlumotlar eʼlon qilindi.
Unga koʻra, Oʻzbekistondagi 9121 fuqarolar yigʻinida kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolgʻiz keksalar, nogironligi bor fuqarolar roʻyxati doimiy shakllantirilib boriladi. Respublika boʻyicha yakka-yolgʻiz va yolgʻiz yashovchi keksalar hamda nogironligi bor shaxslar soni 16 ming 576 nafarni tashkil etadi.
Karantin davrida ularga koʻmak berish uchun Yoshlar ittifoqi faollaridan iborat koʻngillilar guruhi jalb etilgan.
Bugungi kunda Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga kelib tushgan murojaatlar hamda mahallalar tomonidan shakllantirilgan roʻyxatlar asosida 9 mingdan ziyod oilaga xayriya yordami yetkazib berildi.
Bu jarayonda koʻngilli yoshlar hamrohligida nafaqat keksalar va nuroniylar, balki barcha toifadagi muhtoj oilalarga ham yordam koʻrsatilmoqda.
Taʼkidlanishicha, homiylik markazlariga murojaat qilgan fuqaro ijtimoiy yordamni olish uchun uyidan chiqishi yoki mahalla idorasiga borishi shart emas. Ijtimoiy yordam uyga olib kelib beriladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |