
Dunyodagi murakkab vaziyatda oʻzbek xalqiga xos boʻlgan bahamjihatlik va saxovatpeshalik koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida tashkil etilgan “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga begʻaraz hamda beminnat koʻrsatilayotgan yordamlarda oʻz aksini topayapti. Bu yordamlar esa karantin talablariga qatʼiy rioya qilingan holda ehtiyojmandlarga yetkazib berilmoqda.
Mana shunday yordamlar sirasiga oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga dori vositalari, tibbiy buyumlar ham kiritilgan
Bugungi kunga qadar Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazining 1197 qisqa raqamiga boʻlgan qoʻngʻiroqlar asosida, “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan jami 332 nafar fuqaro uchun 41 968 066,61 soʻmlik 671 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlari jamlanib, 9 ta tuman tibbiyot birlashmalari xodimlariga murojaat qilgan fuqarolarga yetkazib berish uchun topshirildi.
Xususan, 2020-yil 9-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek, Sergeli va Yashnobod tumanlaridan kelib tushgan qoʻngʻiroqlar asosida jami 59 nafar fuqaro uchun 4514358,76 soʻmga teng 123 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ushbu tumanlarning tibbiyot birlashmalariga topshirildi.
2020-yil 10-aprel kuni Uchtepa tumanidan kelib tushgan qoʻngʻiroqlar asosida jami 48 nafar fuqaroga moʻljallangan 5 936 855,62 soʻmlik 108 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar Uchtepa tumani tibbiyot birlashmasining masʼul xodimlariga yetkazildi.
Xayriya tadbirlari davom etmoqda!
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |