Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xalqimizga murojaat yoʻlladi:
“Mamlakatimizda #Covid_19 tarqalishining oldini olish maqsadida Prezidentimiz muhim farmon va qarorlarni imzoladi. Maxsus komissiya tomonidan ham kechiktirib boʻlmas ishlar amalga oshirilmoqda.
Karantinda boʻlgan hamyurtlarimiz koronavirusdan sogʻaygani haqidagi xushxabarlar har birimizning qalbimizga quvonch ulashmoqda. Albatta, bunda fidoiy shifokorlarimizning oʻrni beqiyos. Ularga har qancha taʼzim aylasak arziydi! Bundan tashqari, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa masʼul idoralar mutaxassislarining mehnatini ham eʼtirof etish zarur.
Aziz vatandoshlar! Sizlarga murojaat qilmoqchiman. Koʻpgina mashaqqatlarni yengib chiqqan mard va oliyjanob xalqimiz azaldan ogʻir-vazmin boʻlib, sinovli kunlarda birlashib kelgan. Bugun ana shunday qadriyatlarimizga xos boʻlgan birdamlik har qachongidan koʻra koʻproq muhim.
Uyda qolib, sanitariya-gigiyena qoidalarini unutmaylik! Qachonki jipslashib, mutaxassislarning tavsiyalariga, qolaversa, karantin davrida tartib-intizomga qatʼiy rioya qilsak, shundagina ushbu sinovli kunlarni tezroq yengamiz.
Unutmang, masʼuliyatli boʻla olish bilan nafaqat oʻzimiz va yaqinlarimizni, balki butun insoniyatni asrab qolamiz!
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |