2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Dolzarb masalalar bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 4 iyul kuni yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Har bir yoshning jamiyatda munosib o‘rnini topishi uchun ularni qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratishni islohotlarimizning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab, keng ko‘lamli amaliy ishlar olib bormoqdamiz, dedi Shavkat Mirziyoev. Jumladan, “Kamolot” yoshlar harakati negizida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini tuzdik, yoshlar bilan ishlashda yangi tizim va yondashuvlarni joriy etyapmiz. 30 iyunda mamlakatimizda birinchi marta “Yoshlar kuni”ni keng nishonlab, yangi ijobiy an’anani yo‘lga qo‘ydik. 

Yig‘ilishda shuningdek, yoshlar bilan ishlashda hali kamchiliklar ko‘pligi ham qayd etildi. Jumladan, Yoshlar ittifoqi tadbirlarida dabdababozlik, yuzakilik ko‘zga tashlanayotgani, yoshlar bilan manzilli ishlashga, ularning muammolarini hal etishga etarli e’tibor berilmayotgani tanqid qilindi. 

Joylardagi 4 ta sektor rahbarlarining ko‘pchiligi hali yoshlar masalasi bilan to‘la shug‘ullanmayapti. Ichki ishlar idoralari, mahalla qo‘mitalari, boshqa jamoatchilik tashkilotlari va ta’lim muassasalarining ham bu boradagi ishlari ko‘ngildagidek emas. Tuman (shahar) hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishini ham qoniqarli, deb bo‘lmaydi. Ba’zi hollarda esa yoshlar bo‘yicha mas’ul lavozimlar vakant bo‘lib qolmoqda.

Buning oqibatida yoshlarning ijtimoiy muhim masalalari e’tiborsiz qolmoqda. Qarovsiz va nazoratsiz qoligan yoshlar tomonidan turli jinoyatlar sodir etilmoqda. 

Shu bois Yoshlar ittifoqi, tegishli vazirlik va idoralarga yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish, ularning qarovsiz va nazoratsiz qolishining oldini olish, ular o‘rtasida jinoyatlarni keskin kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislik va biznes ko‘nikmalariga o‘qitish bo‘yicha Toshkent viloyatining Quyichirchiq va Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yangi tizim sinovdan o‘tkazilgani qayd etildi. 

Unga ko‘ra, mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan tuman pasporti ishlab chiqilgan. Mahallalarda “Yoshlar mehnat guzarlari” tashkil etish uchun bino va er maydonlari ajratilib, tashabbuskor tadbirkorlar jalb qilingan. Tadbirkorlik, baliqchilik, bog‘dorchilik, savdo-sotiq qilish istagidagi yigit-qizlarga zarur mablag‘ va resurslar berilgan. Yoshlarni qiynab kelayotgan 1,5 mingdan ziyod muammolar aniqlanib, 1 mingdan ortig‘i joyida hal etilgan, qolgan 500 tasini ham hal etish choralari ko‘rilgan.

Ushbu tajriba natijalaridan kelib chiqib, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi qabul qilindi. 

Bu dastur 1 iyuldan boshlab, barcha tuman va shaharlarda amalga oshirila boshlandi. Yoshlar ittifoqi huzurida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi va uning tuman (shahar) filiallari tashkil etildi. Jamg‘armaga bu yil jami 770 milliard so‘m ajratiladi. Jamg‘arma mablag‘laridan yoshlarning biznes loyihalari uchun yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kreditlar beriladi.

Dasturda har bir tumanda ajratiladigan kredit hajmi va uni oluvchilar soni, kredit beriladigan faoliyat yo‘nalishlari, buning natijasida yaratilishi zarur bo‘lgan ish o‘rinlarining miqdori aniq belgilangan. 

Shuningdek, Dasturga ko‘ra joylarda fermerlarga 1 nafardan band bo‘lmagan yoshni biriktirib, unga bir gektar er ajratish orqali ish bilan ta’minlash bo‘yicha yangi mexanizm joriy etish ko‘zda tutilgan. 

Yig‘ilishda shu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish, Jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanishni doimiy nazorat qilib, yoshlarning biznes loyihalarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni joyida hal qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Hokimlar va sektor rahbarlari uyushmagan, hech qaerda ishlamaydigan yoshlar bilan shaxsan uchrashib, xuddi o‘zining farzandi bilan gaplashganday muomala qilib, muammolarini o‘rganib, ularga elkadosh bo‘lishi va eng avvalo ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rishi lozim, dedi davlatimiz rahbari. 

Yig‘ilishda yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularni turli zararli oqimlar va yot g‘oyalar ta’siridan asrash masalasiga ham e’tibor qaratildi. 

Farzandlarimiz tarbiyasi, yurish-turishidan har kuni ogoh bo‘lmasak, ilmu-hunarga o‘rgatmasak, ularning qo‘li mehnatda qotmasa, munosib ish topib bermasak, yoshlarni zararli ta’sirlardan himoya qilish qiyin bo‘ladi, dedi Shavkat Mirziyoev.

Shu bois yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni yanada jonlantirib, ularda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, voyaga etmagan qizlar o‘rtasida erta turmush va ajralishlarning oldini olish yuzasidan vazifalar qo‘yildi.

Videoselektorda mutasaddi va joylardagi rahbarlar jam bo‘lgani bois ayni kunlardagi yana bir dolzarb masala – g‘o‘za parvarishi bilan bog‘liq chora-tadbirlarga ham to‘xtalib o‘tildi. 

Bu yil ob-havoning quruq va salqin kelishi sababli g‘o‘za rivoji 10-15 kunga, ba’zi joylarda 20-25 kunga kechikkani qayd etildi. G‘o‘za parvarishidagi qoloqlikni bartaraf etish, kafolatlangan hosil yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

Bu yil davlat tomonidan oldingi yillarda bo‘lmagan barcha sharoitlar yaratib berildi, endi fermerlar ham shunga yarasha javob qilishi kerak. Oldingidek rejaning ortidan quvib, daromadni o‘ylamaydigan, hisob-kitobsiz ish qiladigan fermer bizga kerak emas. Paxta bizga rejani bajarish uchun emas, ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadini oshirish, turmush darajasini yaxshilash uchun kerak, dedi Prezident. 

Yig‘ilishda 5 iyuldan 5 sentyabrga qadar “hosilga-hosil qo‘shish dolzarb ikki oyligi” e’lon qilindi. Bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

05.07.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar