Koronavirus pandemiyasi tufayli xalqimiz sinovli kunlarni boshdan o‘tkazmoqda
Bu borada yurtimizda aholi salomatligini muhofaza qilish va ularga zarur sharoitlar yaratish, kam ta’minlangan, nogironligi bor fuqarolar hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olish kabi ezgu ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.
Ana shunday ezgu ishlardan yana biri Milliy gvardiyaning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi Jizzax shahar kengashi bilan hamkorlikda uyushtirildi. “Pokiza insonlar nomidan“, deb nomlangan xayriya tadbirida kam ta’minlangan va nogironligi bor fuqarolarning holidan xabar olindi. Ularga oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy niqob va qo‘lqoplar, farzandlari uchun esa badiiy kitoblar tuhfa etildi. Shu bilan birga xonadonlari dezinfektsiya qilinib, shaxsiy gigiyena qoidalari va sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga doim amal qilish kerakligi xususida tushuntirish ishlari olib borildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |