2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Orolning qurigan maydonida o‘rmonlashtirish ishlari davom etmoqda

Butun dunyoni, jumladan, yurtimizni ham koronavirus infektsiyasi xavfga solib turgan bir paytda Orolning qurigan maydonida o‘rmonlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

–Hozir daraxtlarni ekishning ayni payti. Koronavirusga qarshi sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilib, markazimizning barcha xodimlari belgilangan vazifalarni amalga oshirmoqda. Har bir kishi, avvalo, o‘zini erkin tutishi zarur. Vahimaga o‘rin yo‘q. Shunchaki, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda hukumatimiz tomonidan ta’kidlanayotgan qoidalarga qat’iy rioya qilsak bas. Hozirda o‘zim ham ekin maydonidaman. Toza havo insonning immunitetini mustahkamlaydi. Jismoniy mehnat ham ming dardga davo, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi direktori Nurlibek Mirzamuratov.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori bilan “My garden in the Aral Sea” (“Oroldagi bog‘im”) agro va ekoturizm loyihasi amalga oshirilishi belgilangan edi.

Loyihaning asosiy maqsadi butun dunyo vakillari va mahalliy aholining Orol dengizining qurishi oqibatlarini engib o‘tishda bevosita ishtirok etish hissini uyg‘otish va shu orqali Orolbo‘yi aholisi turmush darajasini yanada oshirishga hissa qo‘shishdir. Shu maqsadda O‘zbekiston uchun noyob bo‘lgan aholi tomonidan ko‘kalamzorlashtirish loyihasi yaratildi va daraxtlarni ekish uchun mablag‘ yig‘iladigan kraudfanding (aholi moliyalashtiruvi) platformasi ishga tushirildi.

30.03.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati

Foydali resurslar