Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida ayrim fuqarolar oziq-ovqatdan qiynalayotgani, oilaviy sharoiti og‘ir ekani to‘g‘risida video xabar tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan shahar hokimligi quyidagilarni ma’lum qilmoqda.
“Olmaliq shahar hokimligi, shahar prokuraturasi vakillari “Totuvlik“ ko‘chasi, 9A-uy, 4-xonadonda yashayotgan ona-bola Tatyana Beketova va Mixail Beketovlarning xonadoniga borib, holatni yaqindan o‘rgandi.
Tatyana Beketova pensioner, o‘g‘li Mixail Beketov esa vaqtincha ishsiz, oila So‘fi Olloyor mahallasida nosog‘lom oila sifatida ro‘yxatga olingan.
Olmaliq shahar hokimligi tomonidan ushbu oilaga avval ham gilam, ko‘rpa-to‘shak, uy-ro‘zg‘or anjomlari beg‘araz olib berilgan bo‘lib, ayni vaqtda ushbu jihozlarning barchasi M. Beketov tomonidan spirtli ichimliklar olish uchun sotib yuborilgan.
Haqiqatan ham qariyalarning ahvoli achinarli ahvolda.
Hozirda shahar hokimligi tomonidan oilaga zarur oziq-ovqat mahsulotlari hamda gilam, ko‘rpa-to‘shak, krovat kabi jihozlar olib berilib, dezinfektsiya ishlari olib borilmoqda. Ertadan boshlab xonadoni ham ta’mirlab berilishi rejalashtirilmoqda“, deyiladi shahar hokimligi ma’lumotida.
Koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan murakkab vaziyatda yuqoridagi kabi holatlarning oldini olishda hududiy mas’ullardan yanada e’tiborli bo‘lishi, o‘z navbatida, ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolardan tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суғурта товонини қоплаш | Ишонч телефони | 20 Iyun 2024 | 21 Iyun 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизиш | Ишонч телефони | 31 Avgust 2024 | 10 Sentabr 2024 | Xorazm viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |