2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlar eʼtiborsiz qolmaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi axborot xizmati rahbari Alipasha Ahmedov ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tufayli joriy qilingan karantin sharoitida barcha hududiy uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari, suv taʼminoti va issiqlik taʼminoti korxonalari kuchaytirilgan ish rejimiga oʻtkazilgani xususida atroflicha maʼlumot berildi. Xususan, oʻrnatilgan meʼyor va talablarga rioya qilgan holda aholiga kommunal xizmatlarni koʻrsatish, ichimlik suvi va issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash uchun barcha choralar koʻrilmoqda.

Suv taʼminoti inshootlarining qatʼiy rejimi, sanitariya -muhofaza qilish zonasi tibbiy holatining doimiy kuzatuvi tashkil etilgan. Joylarda gigiyena talablari va sifat nazorati uzluksiz ravishda amalga oshirilmoqda. Respublikamiz hududida markazlashgan ichimlik suv manbasi mavjud boʻlmagan 1 ming 735 ta olis aholi punkti va 1 ming 100 tadan ortiq ijtimoiy obyektni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 2 mingga yaqin maxsus texnika orqali ichimlik suvi tashib berilmoqda.

Brifingda karantin sharoitida Uy-joy va kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatiga oid ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan masalalar va aholidan kelib tushgan murojaatlarga ham atroflicha javoblar berildi. Jumladan, ichimlik suvi tarmoqlari va oqova suv tizimlarida yuzaga kelgan avariya holatlari qanday bartaraf etilayotganiga toʻxtalib oʻtildi.

– Hududlarda eʼlon qilingan karantin holati tufayli aholi kun mobaynida uylarida qolmoqda, – dedi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi axborot xizmati rahbari Alipasha Ahmedov. – Buning natijasida ichimlik suvi isteʼmoli korxona va tashkilotlarda kamaygan boʻlsa-da, aholining ehtiyoji sezilarli darajada oshdi. Ushbu sharoitda ichimlik suvi tarmoqlarida avariya holatlari ortishi ehtimoli yuqori boʻlmoqda. Shuni eʼtiborga olib, hududlaridagi ichimlik suvi taʼminoti korxonalarida dispetcherlik va avariyalarni bartaraf etish boʻyicha xizmatlar kunu tun ishlashi yoʻlga qoʻyildi. Ushbu xizmatlar tomonidan suv inshootlari, magistral suv quvurlari va tarmoqlardagi nosozliklar, aholi murojaatlari zudlik bilan bartaraf qilinmoqda. Buning uchun xodimlarimiz maxsus texnika va asbob-uskunalar bilan taʼminlangan. Xususan, bir sutka – 24 soat davomida respublikamiz boʻyicha oʻrtacha 50 tadan ortiq avariya bartaraf etilib, aholiga ichimlik suvi yetkazilishi taʼminlanmoqda.

Shuningdek, karantin paytida ichimlik suvi va issiq suv hisoblagichlarini qiyoslashdan oʻtkazishga oid masalalarga ham izoh berildi.

Maʼlumki, belgilangan qoidalarga asosan aholi xonadonlari, tashkilot va korxonalarda oʻrnatilgan ichimlik suvi va issiq suv hisoblagichlari maʼlum bir muddatda davlat qiyoslovidan oʻtkazilishi kerak. Shuningdek, qiyoslash muddatidan kamida 30 kalendar kun avval suv va issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchiga shartnomada koʻrsatilgan tartibda ogohlantirish xati joʻnatilishi koʻrsatilgan.

Hozirgi sharoitda isteʼmolchilarga qulaylik yaratish maqsadida davlat qiyoslov muddati kelgan yoki tugagan ichimlik va issiq suv hisobgichlarini qiyoslashdan oʻtkazish ishlari karantindan keyin tashkil etiladi. Ushbu davrda isteʼmol qilingan ichimlik va issiq suv uchun hisob-kitoblar hisoblagichlar koʻrsatkichlari asosida amalga oshirilishi davom ettiriladi. Bu borada mutasaddi korxonalarga tegishli koʻrsatmalar berilib, nazoratga olindi.

Brifingda hududlardagi koʻp kvartirali uylar va ularga tutash hududlarni dezinfeksiya qilish ishlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida vazirlik tomonidan tezkor taʼsir choralari koʻrilgani aytib oʻtildi. Barcha viloyatlardagi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalarida maxsus shtablar tashkil qilingan. Ular koʻp kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholini koronavirus infeksiyasidan samarali himoya qilish borasida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar koʻrmoqda.

Jumladan, koʻp kvartirali uylarning har bir kirish yoʻlagi, zinapoya tutqichlari, eshik va romlarini ushbu uylarda yashovchi fuqarolar tomonidan har kuni kamida ikki marotaba (ertalab va kechqurun) xlor eritmasi yoki boshqa turdagi dezinfeksiya vositalari yordamida yuvish ishlarini tashkillashtirish boʻyicha tavsiyalar berilmoqda. Rejaga muvofiq hozirgacha respublikamiz boʻyicha mavjud 36 ming 43 ta koʻp kvartirali uyning 24 ming 712 tasi (yertoʻla, kirish yoʻlaklari, tutash hududlari), 5 ming 338 ta bolalar maydonchasi, 3 ming 993 ta lift uskunasi va 5 ming 896 ta boshqa turdagi obyektlar (umumiy xojatxona, tandirxona, ayvon)da dezinfeksiya ishlari amalga oshirilgan. Bu ishlar joylarda davom ettirilmoqda.

27.03.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar