Toshkent viloyatida kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida “Ming oilaga – ming tuhfa!” ijtimoiy xayriya aktsiyasi tashkil etildi.
Ma’lumki, Prezidentimizning joriy yil 24-yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berilgan, shu jumladan, mamlakatimizda kam ta’minlangan aholini qo‘llab-quvvatlash va nochorlikdan chiqarishga ko‘maklashish bo‘yicha Kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqish lozimligi qayd etilgan edi.
Davlatimiz rahbari shu yilning 27-fevral kuni ayni shu masalaga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida «Kambag‘allikni kamaytirish oylik yoki nafaqa miqdorini ko‘paytirish, yoppasiga kredit berish, degani emas. Buning uchun, eng avvalo, aholini kasbga o‘qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissini uyg‘otish, infratuzilmani yaxshilash, farzandlarini o‘qitish, sifatli davolanish, manzilli nafaqa to‘lash tizimini joriy qilish kerak», degan edi.
Darhaqiqat, odamlarning mehnat qilib, boy bo‘lishi va yaxshi hayot kechirishi uchun zarur sharoit yaratish birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi. Ayniqsa, dunyo hamjamiyatini koronavirus pandemiyasi tashvishga solib turgan, pandemiya oqibatlari dunyo iqtisodiyotiga salbiy jihatdan jiddiy ta’sir o‘tkazishi taxmin qilinayotgan murakkab bir sharoitda mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, shu orqali ularning real daromadini oshirish borasidagi ishlar ushbu baloning oqibatlarini yumshatishda muhim, albatta.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatidan ma’lum qilishicha, bu borada viloyatda aholini ijtimoiy himoyalash, nochor oilalarga har tomonlama ko‘maklashish, kambag‘allikni kamaytirishning aniq va manzilli chora-tadbirlarini belgilash va bu boradagi dasturiy maqsad-vazifalarni hayotga joriy etish yuzasidan izchil faoliyat olib borilmoqda.
Bu yo‘nalishda, eng avvalo, viloyat miqyosidagi har bir mahalla, tuman va shaharlar kesimidagi haqiqiy holat, mavjud sharoit va imkoniyatlar chuqur tahlil etilib, har bir hududning o‘ziga xos bo‘lgan an’analaridan kelib chiqqan holda choralar belgilandi. Bunda kambag‘allikka oid real ahvol, ya’ni mahallalardagi daromadi kam oilalar soni haqida ma’lumot shakllantirilib, har bir tuman va shaharning salohiyati, tabiiy resurslari, er va infratuzilma imkoniyatlari inobatga olindi. E’tiborli jihati, mazkur yo‘nalishda belgilangan vazifalar izchil amalga oshirilmoqda.
Yana bir ibratli jihati shundaki, viloyat hokimligi tashabbusi bilan viloyatda ijtimoiy himoyaga muhtoj, bemor va nogironligi bo‘lgan, yakka-yolg‘iz, ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ming oilaga - ming tuhfa!” ijtimoiy xayriya aktsiyasiga start berildi.
Xayriya aktsiyasi doirasida viloyat hokimligi tomonidan saxovatpesha insonlar, homiylar ko‘magida mingta kam daromadli oilaning har biriga qoramol hadya qilish ko‘zda tutilgan.
Mazkur mehr-saxovat tadbiri 25-mart kuni Oqqo‘rg‘on tumanidan boshlanib, 47 nafar kambag‘al hamda boquvchisini yo‘qotgan oilaga turmush sharoitini yaxshilab olishi uchun bir boshdan sog‘in sigir berildi.
– Qishloq sharoitda sog‘in sigirning o‘rni katta, – deydi Zarbdor mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro N.Qodirova. – Chunki sigiring bo‘lsa oq, ya’ni sut va qatig‘ing tayin bo‘ladi. Yana, bir ro‘zg‘orning pishir-kuydiri uchun etarli saryog‘ ham bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, oilamizga bepul sog‘in sigir berishganida, xursandchiligimdan yig‘lab yubordim, rosti. Shunday bag‘rikeng, odamiylik, oqibat, xayr-saxovat ustun yurtda yashayotganimga yana bir bor shukrona aytdim. Birinchi navbatda, biz kabi qo‘li kalta oilalarni qo‘llab-quvvatlayotgan, kambag‘alligimizni aritaman deb tunu kun zahmat chekayotgan Prezidentimizdan cheksiz minnatdorman. Endi bizning uyimizga ham baraka kirdi, og‘zimiz oqqa etdi.
Kambag‘al oilalarning turmush farovonligini yaxshilashga qaratilgan “Ming oilaga - ming tuhfa!” ijtimoiy xayriya aktsiyasi barcha shahar va tumanlarda davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |