
Namangan viloyati hokimligi, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, “Toza hudud” DUK hamda “Meros” jamgʻarmasi hamkorligida oʻtkazilgan aksiyada viloyat hokimligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, nuroniylar va mehnat faxriylari, Oʻzbekiston Qahramonlari, volontyorlar, viloyat korxona va tashkilotlari rahbar va xodimlari faol ishtirok etdi.
Mamlakatimizda daraxtzorlar barpo etish orqali atmosfera havosini tozalash va ekologik muvozanatni saqlash maqsadida oʻtkazilayotgan “Yashil Vatanim” aksiyasi doirasida Namangan shahridagi Boborahim Mashrab xiyoboni, viloyat musiqali drama va komediya teatri atrofi, yoʻllar boʻyiga 2 ming 500 tupdan ortiq manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Taniqli xonandalar, kino va teatr aktyorlari ishtirokidagi madaniy dasturlar, oʻzbekona hashar udumiga muvofiq doshqozonda palov tayyorlab, hasharchilar dasturxoniga tortilgani tadbirga bayramona koʻtarinkilik bagʻishladi.
Viloyat boʻyicha 15 million tupdan koʻproq mevali va manzarali daraxt ekish koʻzda tutilgan aksiya 20-aprelgacha davom etadi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |