2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yangi Oʻzbekiston bagʻridagi yangilanayotgan Yangiyer

Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Mirzayev boshchiligida sektor rahbarlari, viloyat hokimining oʻrinbosarlari, tuman va shahar hokimlari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari Yangiyer shahrida amalga oshirilayotgan qurilish, bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari, aholiga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida jamiyat tubdan yangilanib, odamlar qalbi, ongu tafakkuri, shuurida, kundalik turmush darajasiyu, hayotida yangi bir hayot nafasi ufurmoqda. Ayni jarayonlarga uygʻun ravishda bunyodkorlik, yurtni obod etish ishlari ham yangi bir pallaga kirdiki, koʻz oʻngimizda eng chekka qishlogʻu mahallalar, shaharu tumanlarimiz tanib boʻlmas darajada oʻzgarmoqda.

Bir vaqtlar dovrugʻi doston boʻlgan Yangiyerdan sobiq ittifoq davrining soʻngi yillariga kelib, asar ham qolmadi. Shahar eʼtibordan chetda qolgan kichik shaharcha, bu yerdagi odamlarning turmush sharoiti ham haminqadar darajaga aylandi. Hatto, oddiy maishiy sharoitlar ham boʻlmagan shaharni shahar deyishga tiling bormasdi. Tor koʻchalar, pastqam, koʻrimsiz uylar, shaharni emas, goʻyo kattaroq, nurab qolgan qishloq hayotini aks ettirardi.

Bugungi, yangilanayotgan Yangiyer shahri esa shunchalik oʻzgarib bormoqdaki, oʻtgan asrning 80-90 yilgi qiyofasini koʻz oldingizga keltirasiz, qanchalar ulkan oʻzgarishlar sari yuz tutganiga oʻzingiz shohid boʻlasiz. 


Yangiyerga bundan 3-4 yil muqaddam kelgan kishi, uni kun sayin obod, koʻrkam boʻlayotganiga, yangilayotganiga guvoh boʻladi. Shaharga kelgan har qanday kishining hayrati va havasini oshiradi, dilida shukronalik, minnatdorlik tuygʻularini joʻsh urdiradi.

Ana shu oʻzgarishlar Yangiyer shahrida rivojlanishning yangi davrini boshlab berdi. Shoʻrolar tizimi davrida Mirzachoʻldagi katta qishloq koʻrinishida boʻlgan Yangiyer bugun viloyat gavhari boʻlgan hududlardan biriga, zamonaviy megapol shaharga aylanayotgani bor haqiqat.

Prezidentimiz oʻtgan yili Sirdaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chogʻida Yangiyer shahrini zamonaviy shaharsozlik talablari asosida qayta qurish, aholi uchun qulay turmush sharoitini yaxshilashga doir amaliy taklif, tavsiya va mutasaddilar oldiga aniq topshiriq va vazifalarni qoʻygan edi.

Davlatimiz rahbarining ana shu topshiriqlari ijrosi doirasida bugun butun shahar yirik qurilish maydoniga aylandi. Yangiyerda qad rostlayotgan koʻp qavatli uy-joylar, madaniy-maishiy inshootlar, shuningdek, kommunikatsiya tarmoqlarining yangidan bunyod etilishi barobarida shahar har tomonlama yuksalib, yangicha chiroy, yangicha qiyofa kasb etib, koʻrkamlashib, oʻzgacha goʻzallikni oʻzida mujassam etayotir.
Xalqaro va mahalliy, eko, tibbiy va boshqa turizm istiqbollarini taʼminlash uchun koʻchalarni obodonlashtirish, shaharga jozibador koʻrinish kasb etuvchi tashqi reklama vositalari hamda rang-barang tungi yoritgichlar oʻrnatilishi barobarida Yangiyer shahriga kirib keluvchi xalqaro va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllari tubdan taʼmirlanmoqda.

Shaharni sanoatlashgan markazlardan biriga aylantirish koʻzda tutilgan holda servis va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish boʻyicha loyiha qiymati 150 million soʻmlik 10 ta avto-shohbekat qurilishi rejalashtirilgan. Bu 300 ta yangi ish oʻrni yaratilishiga imkon beradi. Ushbu bekatlarning 2 tasi qurilib foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan viloyat hamda tuman, shahar sektor rahbarlaridan iborat masʼullar Yangiyer shahriga tashrif buyurib, bu yerdagi barcha qulayliklarga ega boʻlgan avto-shohbekatlarning afzalliklari bilan tanishdi.

Keyingi 2-3 yilda hukumatimiz tomonidan barcha sohalarda mamlakatimiz taraqqiyoti, bugungi porloq kunimiz bilan bogʻliq islohotlarni amalga oshirish bilan birga yurtimizdagi muqaddas, tabarruk joylar – ziyoratgohlarni, qadamjolarni, tarixiy meros obyektlarini hukumatimizning yuksak talablari darajasida tiklash, qayta taʼmirlash, obodonlashtirish ishlariga juda katta eʼtibor qaratilmoqda.

Shu oʻrinda, Yangiyerda ham keyingi ikki-uch yil ichida ibratli ishlar amalga oshirilayotganligini alohida taʼkidlash lozim.

– Prezidentimizning topshirigʻiga asosan shahrimizda ulkan bunyodkorlik ishlari keng qamrovda olib borilmoqda, – deydi Yangiyer shahar hokimi Ilyor Xujayev. – Bugun viloyatimiz hokimi Gʻ. Mirzayev tashabbusi bilan shahrimiz markazida joylashgan “Xotira maydoni”da keng koʻlamli qurilish-taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi. Xotira maydonida ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan yuzlab hamshaharlarimiz xotirasiga zarhal harflar bilan bitilgan “Xotira kitobi”, “Motamsaro ona” haykali tubdan yangilanadigan boʻldi. Maydon hududiga manzarali archa va boshqa daraxtlar, rang-barang gul koʻchatlari ekilib, maysazorlar barpo etiladi.

Yangiyerga kelayotgan ziyoratchilar, mehmonlar va qolaversa shaharliklar uchun qulaylik yaratish maqsadida oʻrindiqlar oʻrnatilib, ham koʻchatlarni sugʻorish, ham salqinlik taratish maqsadida suv purkagichlar tortiladi. Qisqa fursatlarda bu tabarruk joy nafaqat yangiyerliklarning, balki koʻp sonli mehmonlarimizning ham sevimli, ziyoratgohiga, bir pas boʻlsada hordiq chiqaradigan maskanlaridan biriga aylanadi.

Viloyat hokimi ushbu obyektdagi qurilish-taʼmirlash ishlari, uning loyiha-chizmasi va smetasi bilan tanishdi va unga oʻz fikr va tavsiyalarini bildirdi.

Bugun koʻhna Mirzachoʻl hududida, Yangilanayotgan Oʻzbekiston bagʻrida boʻy choʻzib, kundan-kun chiroy ochib borayotgan, aniqrogʻi yangilanib borayotgan Yangiyer yangicha qiyofa kasb etayotir.

16.03.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar