Navro‘z bayrami munosabati bilan yurtimizda o‘tkazilgan umumxalq hashari doirasida Qarshi shahridagi Shuhrat qo‘rg‘oni hududida “Yashil Vatanim” ekologik aktsiyasi bo‘lib o‘tdi. Buning uchun tabiiy merosni asrash va kelajak avlodga etkazish maqsadida faoliyat yuritayotgan “Meros” jamoat jamg‘armasi tomonidan 2 ming 500 ta kashtan, katalpa, shumtol, eman va chinor daraxtlari ko‘chatlari etkazib berildi. Aktsiya startida 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yurtimizning shaharu qishloqlarini ko‘kalamzorlashtirishda, ona tabiatning musaffoligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi haqida so‘z yuritildi. Ekohasharda viloyat sektorlari rahbarlari, bir guruh etakchi yoshlar, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, “Qashqadaryo hududgaz”, “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” korxonalari vakillari va ona tabiatga befarq bo‘lmagan boshqa fuqarolar faol ishtirok etdi. Aktsiyada daraxt ko‘chatlarini rejali asosda, kelajakni o‘ylab, tartib bilan ekishga alohida e’tibor qaratildi. – Mana shunday manzarali bitta daraxt bir kunda 200 kishiga etadigan kislorod ishlab chiqaradi, – deydi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimi Karima Yodgorova. – Shuning o‘ziyoq bu kabi aktsiyalarning tabiat musaffoligini asrashdagi ahamiyatini yaqqol namoyon etadi. Har bir shaharda 5-10 ta mana shunday bog‘ tashkil etilsa, hududlarimizni yashillikka burkab, havomiz qanchalik tozalanishini o‘ylab ko‘ravering. Shaharlarda bahavo bog‘lar tashkil qilish maqsadida marafon tarzida o‘tkazilayotgan mazkur aktsiya, ayniqsa, yoshlar qalbida tabiatga, ekologiya va atrof-muhitga nisbatan mehr hissini kuchaytirishga xizmat qilishi shubhasiz. Tadbir doirasida bir necha yillar davomida qarovsizligi tufayli anchayin ta’mirtalab holga kelib qolgan Shuhrat qo‘rg‘onini yana gavjum va fayzli go‘shaga aylantirish bo‘yicha galdagi vazifalar ham belgilab olindi. Tadbirda viloyat hokimi Z.Mirzaev ishtirok etdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 13 Avgust 2024 | 24 Avgust 2024 | Surxondaryo viloyati |