2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Umumxalq hashari ikki kun boʻladi, ammo insonparvarlik, obodonchilik ishlari yil boʻyi davom etadi

“Hashar — elga yarashar”, deya bejiz aytmagan dono xalqimiz.

Har yili uygʻonish, yasharish fasli boʻlmish navbahor, qadimiy va goʻzal ayyomimiz Navroʻzi olam arafasida koʻcha-koʻylar, mahallalarni obod qilish, yon-atrofni ozoda, pokiza, tartibli, saranjom holga keltirish oʻzgacha bir anʼanaga aylanib qolgan.
 

Shu bois 11-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-yil 14-15-mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xayriya hashari aksiyasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi”gi farmoyishi eʼlon qilindi. Ushbu farmoyishga koʻra umumxalq hasharini koʻtarinki kayfiyatda, har yilgidan ham oʻzgacha bir shukuh bilan oʻtkazish belgilab olindi.
Hashar, avvalo, inson qalbidan boshlanadigan, unga ezgulik, mehr- muhabbat urugʻini qadaydigan xalqimizga xos qadriyatdir.

Hashar — necha ming yillar mobaynida odamlarning boshini qovushtirib, ularni insonparvarlik, saxovatpeshalik, saranjom-sarishtalik kabi ezgu amallarga chorlaydi. Ushbu qadriyatning yana bir eʼtiborli jihati shundaki, u insonlar oʻrtasida mehr-oqibat rishtalari, hamjihatlik, ayniqsa, yoshlar qalbida mahalla-koʻyga, ona-Vatanga muhabbat, daxldorlik tuygʻularini mustahkamlaydi.

Shu bois ham mana bugun yurtdoshlarimiz erta tongdan mahallalar, aholi punktlari, koʻp qavatli uylar va binolar, taʼlim muassasalari, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar, ariqlar, koʻcha va yoʻlaklarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish, daraxtlarni oqlash va shakl berish ishlariga kirishib ketdi.
Bu yilgi hasharning joylarda uyushqoqlik bilan tashkil etilganini 12 million 500 minga yaqin yurtdoshlarimizning faol ishtirokidan ham bilish mumkin. Ularning 7 million nafardan ortigʻi yoshlar ekani ertamiz egalarining jamoat ishlarida tobora faollashib borayotganining yaqqol ifodasidir.

Ikki kun davomida el-yurt yumushiga bel bogʻlagan hasharchilarning gʻayrat-shijoati bilan 25 ming 987 gektarga yaqin maydon obodonlashtirilmoqda. 11 ming 408 kilometr uzunlikdagi ariq-zovurlar tozalanib, 9 ming 631 ziyoratgoh va 859 qabriston obodonlashtiriladi hamda tartibga keltiriladi. Shuningdek, 4 million 721 ming 278 dona manzarali, 2 million 724 ming 840 dona mevali daraxt koʻchatlari ekilib, 3 million 894 ming 488 dona gul koʻchatlari oʻtqaziladi. Mavjud 6 million 998 ming 700 dona daraxtlarga esa shakl beriladi va oqlanadi.
Bir soʻz bilan aytganda, umumxalq hasharidan keyin shaharu qishloqlarimiz koʻcha-koʻy bogʻlarimiz yashillikka burkanishi, oʻzgacha tarovat yoyishi, shubhasiz.

Shuningdek, hashar davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, bayram arafasida keksa va nogironlar, yolgʻiz qariyalar, kam taʼminlangan, koʻp bolali, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, pensionerlar holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish, ularning uy-joy sharoitini yaxshilashga koʻmaklashishga bel bogʻlandi. Natijada 11 ming 494 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga tegishli 293 ming 773m2 uy-joylarni taʼmirlash, 11 626 ta ehtiyojmand oilaga moddiy yordam koʻrsatish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, bu yilgi umumxalq xayriya hashari yoshlarni vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Xususan, hashar davomida oʻtkaziladigan “Farzandlarimga mendan bogʻ qolsin” aksiyasi kabi turli tadbirlar bu borada muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi farmoyishi xayriya hasharini oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etishga asos boʻlib xizmat qilmoqda. Hujjatga binoan Respublika ishchi guruhi tuzildi hamda xayriya hashari doirasida bajarilishi lozim boʻlgan ishlar hajmi va manzilini aniqlab, aniq reja tuzish va Respublika boshqaruviga taqdim etish imkonini berdi.

Hashar mahalla hududlarini, guzarlar, koʻchalar, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni tartibga keltirish, yakka-yolgʻiz qariyalar, nogironlar, boquvchisini yoʻqotgan, kam taʼminlangan oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatishda yana bir yaxshigina bahona yoki sabab, desak yanglishmagan boʻlamiz.
 

Shuni ham alohida taʼkidlash kerakki, umumxalq xayriya hashari ikki kun davom etadi. Ammo uning mohiyatida mujassam boʻlgan hamjihatlik va koʻtarinki kayfiyat bardavom boʻladi.

14.03.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati

Foydali resurslar