2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Shavkat Mirziyoev: obod mahallada obod ko‘ngil bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 29 iyun kuni Toshkent shahrining Olmazor tumaniga tashrif buyurib, “Ibrohim ota” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Ushbu mahallada 19 ta ikki qavatli va 4 ta to‘rt qavatli uy joylashgan. Ular 1960-yillarda qurilgan bo‘lib, bugungi kunda ta’mirtalab bo‘lib qolgan. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ham eskirgan.

Shu kabi mahallalar qiyofasini yangilash maqsadida kuni kecha “Obod mahalla” dasturi qabul qilindi. “Ibrohim ota” mahallasi ham mazkur dasturga kiritilgan. Unga muvofiq, barcha ko‘p qavatli uylar, ko‘cha va yo‘laklar ta’mirlanib, hudud obodonlashtirilmoqda. 7 ta ikki qavatli arzon uy-joy, zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi qurilmoqda.

Shuningdek, namunaviy loyiha asosida mahalla guzari, kommunal to‘lovlar shoxobchasi, bolalar va sport maydonchalari barpo etilishi rejalashtirilgan.

Prezidentimiz uyma-uy yurib, har bir oilaning talab-istaklarini o‘rganish, muammosi bo‘lsa yordam berish, tadbirkorlarni jalb etib, ishchi joylar yaratish zarurligini ta’kidladi.

Bu erdagi odamlarning ham bola-chaqasi, ertangi kundan umidlari bor. Mamlakatimizdagi o‘zgarishlarni, qabul qilinayotgan dasturlar natijasini odamlar o‘z uyida sezishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlatimiz rahbari mazkur mahalla faollari va aholi bilan suhbatlashdi. Aholini ish bilan ta’minlash, shaharu qishloqlarni obod qilish, maktabgacha ta’lim va maktab ta’limini rivojlantirish, yoshlarni etuk insonlar etib tarbiyalash borasidagi islohotlar mohiyati haqida muloqot bo‘ldi. «Obod qishloq», «Obod mahalla» va «Yoshlar - kelajagimiz» dasturlari aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga zamin bo‘lishi ta’kidlandi.

29.06.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar