2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Fuqarolarni qiyinchiliklarga solgan yugur-yugurlar: bugun qanday qulayliklar yaratilmoqda?

Barchamizga ma’lumki, farzand tug‘ilganda to‘lanadigan bir martalik nafaqa, dafn marosimi uchun nafaqa, fuqaroning pensiya oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida va pensiya miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olishda fuqarolar ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelishar edi.

Misol uchun, farzand tug‘ilganda to‘lanadigan bir martalik nafaqani olish uchun fuqaro bir nechta tashkilotning eshigini qoqib tegishli hujjatlarni yig‘ishi, so‘ngra o‘zining doimiy yashash joyidagi vakolatli idoraga borib, uzundan-uzoq navbat kutishi va ariza bilan murojaat qilib, 
5-6 kundan so‘ng murojaati bo‘yicha javobni olishi, murojaati ijobiy hal qilingan taqdirdagina nafaqa puli sayyor kassalar orqali ma’lum bir muddatda etkazib berilar edi.

Ilgari ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lganligi sababli ijtimoiy nafaqa olish uchun hujjat to‘plashga bir nechta joyga qarab chopardik. Oxiri murodimiz yo hosil bo‘lar, yo hosil bo‘lmas, lekin elib-yuguraverib anchagina ovoragarchilik va xarajat ham bo‘lar edi. Endi-chi? Qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

Fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2018 yilning avgust oyidan boshlab mazkur xizmatlar tajriba tariqasida Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishi joriy qilindi.

Natijada, Davlat xizmatlari markazlari orqali fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish bo‘yicha 6875 ta, dafn marosimlari o‘tkazish uchun nafaqa pulini olish bo‘yicha 22493 ta, farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish bo‘yicha 81710 ta xizmat ko‘rsatildi.

Hozirda farzand tug‘ilganda to‘lanadigan bir martalik nafaqani olish uchun fuqaro so‘rovnomani to‘ldirishi hamda pasport nusxasi, tug‘ilganlik haqida FHDYo bo‘limining ma’lumotnomasini va bolaning tug‘ilganligi haqida guvohnoma nusxasini, dafn marosimlarini o‘tkazish uchun beriladigan bir martalik nafaqani olish uchun esa so‘rovnomaga pasport nusxasi, o‘lim haqida FHDYo bo‘limining ma’lumotnomasini va o‘lim to‘g‘risida guvohnoma nusxasini ilova qilishi, fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqidagi ma’lumot olish uchun esa faqatgina so‘rovnoma to‘ldirishi talab etiladi.

So‘rovnoma bilan murojaat qilinganidan so‘ng bir soat ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi nafaqa puli tayinlanganligi va AT “Xalq banki”ning tegishli filialidan pulni qachon olishi mumkinligi va fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqidagi ma’lumotni Davlat xizmatlari markazlariga yuboradi.

YaNA QANDAY QULAYLIKLAR YaRATILIShI KUTILMOQDA?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 36-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga joriy yilning 1 apreliga qadar mazkur xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha Ma’muriy reglamentlarni qabul qilish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi.

Adliya vazirligi va mas’ul idora hamkorligida Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi va mazkur qaror loyihasida fuqarolarga bir qator qulayliklar nazarda tutildi.

Masalan, mazkur davlat xizmatlaridan foydalanish uchun fuqarolar istalgan Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilishlari, faqat so‘rovnoma (anketa) to‘ldirishlari va ular tomonidan so‘rovnomaga boshqa hujjatlar ilova qilinmasligi va eng asosiysi, atigi besh daqiqa ichida mazkur xizmat bo‘yicha o‘zlariga tegishli bo‘lgan xizmat bo‘yicha ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

04.03.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar