
Navoiy viloyat hokimligi, viloyat adliya boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi tashabbusi bilan fuqarolik jamiyati instituti vakillari, jurnalistlar va madaniyat xodimlari ishtirokida Moʻynoqqa ekotur tashkil etildi.
“Dengiz chekinsa ham, inson chekinmaydi” shiori ostida tashkil etilgan ekotur ishtirokchilari dastavval Moʻynoqdagi zamonaviy “IT Park”, kutubxona hamda Moʻynoq ekologiya muzeyida boʻldi. Muzeyga navoiylik rassomlarning ijod namunalari hamda “Jonli tabiat” nodavlat-notijorat tashkiloti rahbari Eshmamat Togʻayev tomonidan ramziy maʼnodagi kema sovgʻa qilindi.
Ekotur Moʻynoqdagi “Navoiy tashabbus bogʻi”da davom etdi. Ishtirokchilar ezgu niyat bilan bogʻga Navoiydan olib borilgan manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazishdi.
Keyingi manzil “Kemalar qabristoni” boʻldi. Bu yerda ham ekotur ishtirokchilari tomonidanhududga saksovul ekilib, bio xilma-xillikni taʼminlashga hissa qoʻshish maqsadida 10 ta kaklik tabiat qoʻyniga uchirib yuborildi.
Shu tariqa, navoiyliklar Moʻynoqqa bahorni “olib borishdi”.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |