Samarqand shahrining Qorasuv massivida bunyod etilayotgan zamonaviy koʻp qavatli uylarning yana 18 tasi tantanali tarzda foydalanishga topshirildi.
Eʼtiborli jihati, Samarqand viloyati hokimligi tomonidan mazkur koʻp qavatli uylardagi 40 ta xonadon ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan va boquvchisini yoʻqotgan uy-joyga oʻta muhtoj oilalar va yoshlarga tasarruf etish huquqisiz, begʻaraz tarzda berildi.
Shuningdek, viloyat tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan, uy-joyga muhtoj mutaxassislarga ham ana shu tartibda 60 ta xonadon ajratildi.
– Oʻn besh yildan buyon uysizman, – deydi Nasiba Ulugʻmurodova. — Qiynalganimdan bolalarimni mehribonlik uyiga topshirishga majbur boʻlganman. Mana bugun viloyat hokimligi bizga ikki xonalik uy berdi. Minnatdorligimni soʻz bilan ifodalab bera olmayman.
Turkiya texnologiyasi asosida barpo etilgan zamonaviy uylar 9 balli zilzilaga bardosh bera oladi. Har bir xonadonda zamonaviy isitish moslamasi, gaz plitasi, oshxona mebeli boʻlib, uylar yashash uchun tayyor holda aholiga topshirilmoqda.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovning taʼkidlashicha, yil yakuniga qadar bu yerda 1680 oʻrinli yangi maktab, 8 ta davlat, davlat-xususiy sheriklik asosida hamda oilaviy bogʻcha tashkil etiladi. Shuningdek yoshlarning oʻz qiziqish va mahoratlarini namoyish etishlari uchun 15 qavatli “IT-PARK” quriladi. Massiv yaqinida esa respublika tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali va 150 oʻrinli oilaviy poliklinika bunyod etilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |